So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 431
(428-452)
Ham qandayki sahrolarda va tog’lardagi kichik-kichik tepaliklarning turli-tuman muntazam chechaklar ila bezanishlarining har biri Sone`i Hakiymning vujubiga shahodat va vahdatiga ishora etmoq ila birga hay`ati majmuasi ila saltanati hashamatini va mukammal rububiyatini qandayin ko’rsatsa, shuningdek butun o’tlarda va daraxtlardagi butun yaproqlarning turli-tuman intizomli shakllari va xilma-xil vaziyatlari va jozibador mavzun harakatlari yaproqlar adadicha yana u Sone`i Hakiymning vujubi vujudini va vahdatini va mukammal rububiyatini ko’rsatar. Ham qandayki barcha o’suvchi jismlarning o’sish vaqtidagi muntazam harakatlari va turli-tuman a`zolar bilan jihozlanishi va xilma-xil meva berishga onglilardek intilishlari har biri birma-bir yana u Sone`i Hakiymning vujubi vujudiga shahodat va vahdatiga ishora etar. Va hay`ati majmuasi ila g’oyat buyuk bir miqyosda qudrati ihotasini va hikmatining kengligini va san`atining jamolini va rububiyatining mukammalligini qandayin ko’rsatsa, shuningdek butun hayvoniy jasadlarda mukammal hikmat ila nafslarini, ruhlarini joylashtirmoq, turli-tuman a`zolar ila mukammal intizom ila jihozlamoq, turli-tuman xizmatlarga mukammal hikmat ila yubormoq hayvonot adadicha, balki a`zolari sanog’icha yana u Sone`i Hakiymning vujubi vujudiga va vahdatiga shahodat va ishora etganlari kabi, hay`ati majmuasi ila g’oyat porloq bir suratda rahmatining jamolini va mukammal rububiyatini ko’rsatar. Ham, qanday butun qalblarga, inson bo’lsa har turli ilm va haqiqatlarni bildirgan, hayvon bo’lsa har navi ehtiyojlarining qondirilishini o’rgatgan butun g’aybiy ilhomlar bir Rabbi Rahiymning mavjudligini his ettirsa va rububiyatiga qanday ishora qilsa, shuningdek ko’zlarga koinot bo’stonidagi ma`naviy chechaklarni to’plagan ko’z nurlari kabi zohiriy va botiniy barcha tuyg’ularning boshqa-boshqa olamlarga bittadan kalit bo’lishlari yana u Sone`i Hakiym, u Fotiri Aliym, u Xoliqi Rahiym, u Razzoqi Kariymning vujubi vujudini va vahdat va ahadiyatini va mukammal rububiyatini quyosh kabi ko’rsatar.
Xullas, shu yuqorida o’tgan shu o’n ikki boshqa-boshqa derazalardan o’n ikki tarafdan bir buyuk deraza ochiladiki, o’n ikki rangli bir haqiqat ziyosi ila Janobi Haqning ahadiyatini va vahdoniyatini va mukammal rububiyatini ko’rsatar.
Xullas, ey badbaxt munkir! Shu Yer Kurrasi qadar, balki madori sanaviysi qadar keng bo’lgan shu derazani nima bilan berkita olasan? Va Quyoshdek porloq bo’lgan shu nur ma`danini nima bilan so’ndira olasan va qaysi g’aflat pardasi ostida yashira olasan?...

Yettinchi Deraza
Shu koinot yuzida sochilgan san`atli asarlarning mukammal intizomlari va mukammal muvozanatlari va mukammal ziynatlari va ijodlarining osonligi va bir-biriga o’xshashlari va bir xil tabiat namoyon qilishlari qandayin bir Sone`i Hakiymning vujubi vujudini va mukammal qudratini va vahdatini g’oyat keng bir miqyosda ko’rsatsalar, shuningdek jonsiz va oddiy unsurlardan hadsiz va boshqa-boshqa va muntazam murakkabotning ijodi murakkabot adadicha yana u Sone`i Hakiymning vujubi vujudiga shahodat va vahdatiga ishora etmoq ila barobar, hay`ati majmuasi ila g’oyat porloq bir tarzda mukammal qudratini va vahdatini ko’rsatgani kabi, mavjudotning tarkibi deb ataluvchi tarkib va parchalanish vaqtidagi yangilanishda nihoyat darajada chalkashlik va qo’shilish ichra nihoyat darajada bir imtiyoz va ajratish ila, masalan tuproqdagi urug’larning va ildizlarning juda chalkashib ketganiga qaramay hech adashtirmay bir suratda unib chiqishlarini va vujudlarini ajratmoq va bo’lmoq va daraxtlarga kirgan aralash moddalarni barg va gul va mevalarga bo’lmoq hamda badan hujayralariga aralash holda borgan ozuqa moddalarini mukammal hikmat va mukammal mezon ila ajratib taqsimlamoq yana u Hakiymi Mutlaq va u Aliymi Mutlaq va u Qodiyri Mutlaqning vujubi vujudini va mukammal qudratini va vahdatini ko’rsatganidek, zarralar olamini hadsiz va keng bir dala hukmiga keltirib, har daqiqada mukammal hikmat ila ekib-bichib, yangi-yangi koinotlar mahsulotini undan olmoq va u jonsiz, ojiz, johil bo’lgan zarralarga g’oyat shuurkorona va g’oyat hakimona va muqtadirona hadsiz muntazam vazifalarni qildirmoq yana u Qodiyri Zuljalolning va u Sone`i Zulkamolning vujubi vujudini va mukammal qudratini va rububiyati azamatini va vahdatini va mukammal rububiyatini ko’rsatar.Xullas, bu to’rt yo’l ila buyuk bir deraza ma`rifatullohga ochilar. Va ulkan miqyosda bir Sone`i Hakiymni aqlga ko’rsatar. Endi ey badbaxt g’ofil! Shu holda Uni ko’rmoq va tanimoq istamasang, aqlingni chiqarib ot, hayvon bo’l, qutul...
Аудио мавжуд эмас