So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 435
(428-452)
Va u rahmat pardasi ustida esa barcha rizqqa muhtoj jonzotlarning o’ziga loyiq va mukammal bir tarzda berilayotgan ozuqalari va rizqlari yaqqol tarzda tarbiyakorona bir Razzoqiyat va shafqatkorona bir rububiyatni ko’rsatadi. Va u tarbiya va idora zarurat darajasida bir Razzoqi Kariymni ko’rsatadi.
Ha, zaminning yuzida mukammal hikmat ila tarbiya qilingan va mukammal inoyat ila ziynatlangan va mukammal rahmat ila lutf etilgan va mukammal shafqat ila oziqlantirilgan barcha maxluqot birma-bir bir Sone`i Hakiym, Kariym, Rahiym, Razzoqning vujubiga shahodat va vahdatiga ishora etganlaridek, butun yer yuzida namoyon bo’lgan va har tarafida ko’ringan va qasd va irodani yaqqol ko’rsatgan umumiy hikmat; va hikmatni ham o’z ichiga olgan barcha san`atli asarlarni qamragan benuqson inoyat; va inoyat va hikmatni o’z ichiga olgan va yerdagi barcha mavjudotni qamrab olgan keng rahmat; va rahmat va hikmat va inoyatni ham o’zida jamlagan va barcha jonzotlarni qamrab olgan g’oyat kariymona bir tarzda bo’lgan rizq va umumiy oziqlantirishni birdan nazarga ol, boq: Qandayki, ziyo yetti xil rangdan tashkil topgan. Va yer yuzini yoritgan u ziyo, shubhasiz Quyoshni ko’rsatganidek, u hikmat ichidagi inoyat va inoyat ichidagi rahmat va rahmat ichidagi rizq ila oziqlantirish nihoyat darajada Hakiym, Kariym, Rahiym, Razzoq bir Vojib-ul Vujudning vahdatini va mukammal rububiyatini ulkan bir miqyosda, yuksak bir darajada, porloq bir suratda ko’rsatadi.
Xullas, ey esankiragan inkor qiluvchi g’ofil! Ko’z o’ngingdagi bu hakiymona, kariymona, rahiymona, razzoqona tarbiyani va bu ajib va g’aroyib va mo’`jizona holatni qanday izohlaysan? Sen kabi bebosh tasodif bilanmi? Va qalbing kabi ko’r quvvat bilanmi? Va boshing kabi garang tabiat bilanmi? Va sen kabi ojiz, jonsiz, johil sabablar bilanmi? Bo’lmasa nihoyatsiz daraja muqaddas, munazzah va mubarro, muallo va nihoyatsiz darajada Qodiyr, Aliym, Sami`, Basiyr bo’lgan Zoti Zuljalolga nihoyatsiz darajada ojiz, johil, garang, ko’r, imkonsiz, miskin bo’lgan "tabiat" nomini berib nihoyatsiz xato qilishni istaysanmi? Ham Quyosh kabi porloq bo’lgan shu haqiqatni qaysi quvvat bilan so’ndira olasan? Qaysi g’aflat pardasi ostida yashira olasan?

O’n Yettinchi Deraza
اِنَّ فِى السَموَاتِ وَاْلاَرْضِ َلاَيَاتٍ لِلْمُؤْمِنِينَ
Zamin yuzini yoz mavsumida tomosha qilib ko’rmoqdamizki, ashyolar ijodida betartiblikni taqozo qiluvchi va intizomsizlikka sabab bo’luvchi nihoyatsiz sahovat va mutlaq sahiylik nihoyatda saranjomlik va intizom ichra ko’rinadi. Mana, zamin yuzini ziynatlagan barcha o’simliklarni ko’r.
Ham yana, mezonsizlikni va dag’allikni taqozo qiluvchi ashyolarning ijodidagi mutlaq sur`at ham mukammal muvozanat ichra ko’rinmoqda. Mana, zamin yuzini bezagan barcha mevalarga boq.
Ham yana, ahamiyatsizlikni, balki chirkinlikni taqozo qiluvchi mutlaq ko’plik ham mukammal go’zal san`at ichra ko’rinmoqda. Mana, yer yuzini chamanzor qilgan barcha chechaklarga boq!
Ham yana, san`atsizlikni, oddiylikni taqozo qiluvchi ashyolarning ijodidagi mutlaq osonlik ham nihoyatda san`atkorlik va mahorat va g’amxo’rlik ichra ko’rinmoqda. Mana, yer yuzidagi daraxt va o’simlik jihozlarining sandiqchalari va dasturlari va hayot tarixlari yozilgan qutichalar hukmida bo’lgan barcha urug’larga, danaklarga diqqat bilan boq.
Ham yana, ixtilof va xilma-xillikni taqozo qiluvchi uzoqlik va mutlaq yiroqlik ham mutlaq bir ittifoq ichra ko’rinadi. Mana, zamin yuzining har tarafida ekilgan har turli urug’larga boq.
Ham yana, aralashish va bulg’anishni taqozo qiluvchi o’ta qorishiqlik, aksincha mukammal imtiyoz va ajratish ichida ko’rinadi. Mana, yer ostiga aralashib tushgan va modda e`tibori ila bir-biriga o’xshagan barcha urug’larning unib-o’sish vaqtida mukammal imtiyozlari hamda daraxtlarga kirgan turli-tuman moddalarning yaproq, chechak va mevalarga mukammal imtiyoz ila ajralishlari hamda me`daga kirgan aralash ozuqalarning har biri a`zo va xujayralarga ko’ra mukammal imtiyoz ila ayrilishlariga boq, mukammal hikmat ichra mukammal qudratni ko’r.
Аудио мавжуд эмас