So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 452
(428-452)

O’ttiz Uchinchi Deraza

َاْلحَمْدُ ِللَّهِ الَّذِى اَنْزَلَ عَلَى عَبْدِهِ الْكِتَابَ وَلَمْ يَجْعَلْ لَهُ عِوَجًا قَيِّمًا الر كِتَابٌ اَنْزَلْنَاهُ اِلَيْكَ لِتُخْرِجَ النّاسَ مِنَ الظُّلُمَاتِ اِلَى النُّورِ
O’tgan barcha derazalar Qur`on dengizidan bir nechta qatralar ekanini angla, so’ngra Qur`onda naqadar obi hayot hukmida bo’lgan tavhid nurlari bor ekanini qiyoslay olasan. Faqat barcha u derazalarning manbai va ma`dani va asli bo’lgan Qur`onga g’oyat mujmal bir suratda, g’oyat oddiy nazar bilan qaralsa ham, yana g’oyat porloq va nuroniy bo’lgan jome` bir derazadir. U deraza naqadar qat`iy va porloq va nuroniy ekanini Yigirma Beshinchi So’z bo’lgan "Mo’`jizoti Qur`oniya" risolasiga va O’n To’qqizinchi Maktubning O’n Sakkizinchi Ishorasiga havola etamiz. Va Qur`onni bizga yuborgan Zoti Zuljalolning Rahmoniy Arshiga niyoz etib deymiz:
رَبَّنَا لاَ تُؤَاخِذْنَآ اِنْ نَسِينَآ اَوْ اَخْطَاْنَا رَبَّنَا لاَ تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ اِذْ هَدَيْتَنَا رَبَّنَا تَقَبَّلْ مِنَّآ اِنَّكَ اَنْتَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ وَ تُبْ عَلَيْنَآ اِنَّكَ اَنْتَ التّوّابُ الرّحِيمُ






















ESLATMA
Ushbu O’ttiz Uch Derazadan iborat "O’ttiz Uchinchi Maktub": iymoni bo’lmaganni, inshoalloh, iymonga keltiradi; iymoni zaif bo’lganning iymonini quvvatlaydi; iymoni quvvatli, ammo taqlidiy bo’lganning iymonini mustahkam qiladi; iymoni mustahkam bo’lganning iymonini kengaytiradi; iymoni keng bo’lganni barcha haqiqiy kamolotning negizi va asosi bo’lgan ma`rifatullohda taraqqiy ettiradi, yanada nuroniy, yanada porloq manzaralarni ochadi. Mana shuning uchun "Bir deraza menga kifoya qildi, yetar" deyolmaysan. Chunki sening aqling qanoat hosil qilib hissasini olgan bo’lsa, qalbing ham hissasini istaydi, ruhing ham hissasini istaydi. Hatto xayol ham u nurdan hissasini istaydi. Shunga binoan, har bir derazaning alohida-alohida foydalari bor.
"Me`roj Risolasi"da aslida mo’`minga xitob etilgan edi, dinsiz ikkinchi darajada tinglash maqomida edi. Bu risolada esa avvalo inkor qiluvchiga xitob etiladi, tinglash maqomida mo’`mindir. Bu Risolaga shuni e`tiborga olgan holda qarash kerak.
Ammo, afsuski, muhim bir sababga binoan bu maktub g’oyat tezlik bilan yozilganidan va hatto xomaki yozilganicha qolganidan, albatta ifodalashda menga oid chalkashlik va kamchiliklar bo’ladi. Birodarlarimdan ularga kechirimli nazar bilan qarashlarini va qo’llaridan kelsa isloh etishlarini va mag’firat ila menga duo qilishlarini so’rab qolaman...
وَالسَّلاَمُ عَلَى مَنِ اتَّبَعَ الْهُدَى وَالْمَلاَمُ علَى مَنِ اتَّبَعَ الْهَوَى
سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
Аудио мавжуд эмас