So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 451
(428-452)
Ey o’zini inson deb bilgan inson! O’zingni o’qi. Bo’lmasa hayvon va jonsiz inson bo’lish ehtimoli bor!
Ikkinchi Nuqta: Ahadiyatning muhim bir siriga ishora qiladi. Shundayki:
Insonning qanday ruhi butun jasadiga shunday bir munosabati borki, barcha a`zolarini va qismlarini bir-biriga yordam qildiradi. Ya`ni, Ilohiy irodaning jilvasi bo’lgan taqviniy amrlarga va u amrdan tashqi vujud kiydirilgan bir amriy qonun va Rabboniy latifa bo’lgan ruh ularni idora qilishda, ularning ma`naviy ovozlarini his qilishda va ehtiyojlarini qondirishda bir-biriga mone` bo’lmas, ruhni chalg’itmas. Ruhga nisbatan uzoq-yaqin bir hukmida. Bir-biriga parda bo’lmaydi. Istasa, ko’pini biri yordamga yuboradi. Istasa, badanning har qismi bilan bila oladi, his qila oladi, boshqara oladi. Hatto juda nuroniylashgan bo’lsa, har bir qismi bilan ko’ra oladi, eshita oladi.
Xuddi shuningdek: وَلِلَّهِ اْلمَثَلُ اْلاَعْلَى Janobi Haqning modomiki uning bir amriy qonuni bo’lgan ruh kichik olam bo’lgan inson jismida va a`zolarida bu vaziyatni ko’rsatar ekan, albatta katta olam bo’lgan koinotda u Zoti Vojib-ul Vujudning kulliy irodasiga va mutlaq qudratiga hadsiz fe`llar, hadsiz sadolar, hadsiz duolar, hadsiz ishlar hech bir jihatda Unga og’ir kelmas. Bir-biriga mone bo’lmas. U Xoliqi Zuljalolni mashg’ul qilib qo’ymas, chalg’itmas, barchasini bir onda ko’radi, barcha tovushlarni bir onda eshitadi. Uzoq-yaqin birdir. Istasa barchasini bittasining yordamiga yuboradi. Har narsa orqali har narsani ko’ra oladi. Tovushlarini eshita oladi. Va har narsa orqali har narsani biladi va hokazo...
Uchinchi Nuqta: Hayotning juda muhim bir mohiyati va ahamiyatli bir vazifasi bor. Faqat u bahs hayotga doir derazada va Yigirmanchi Maktubning Sakkizinchi Kalimasida batafsil berilgani uchun, unga havola qilib yolg’iz shuni eslatib o’tamizki:
Hayotda hissiyot suratida qaynagan chigal naqshlar juda ko’p ismlar va zotiy shuunotiga ishora qiladi. G’oyat porloq bir suratda Hayyi Qayyumning zotiy shuunotiga oynadorlik qiladi. Shu sirning izohi Allohni tanimaganlarga va hali to’liq tasdiqlamaganlarga qarshi zamoni bo’lmagani uchun, bu eshikni berkitamiz.

O’ttiz Ikkinchi Deraza

هُوَ الَّذِى اَرْسَلَ رَسُولَهُ بِالْهُدَى وَدِينِ اْلحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَ كَفَى بِاللَّهِ شَهِيدًا
قُلْ يَآ اَيُّهَا النَّاسُ اِنِّى رَسُولُ اللَّهِ اِلَيْكُمْ جَمِيعًا الَّذِى لَهُ مُلكُ السَّموَاتِ وَ اْلاَرْضِ لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ يُحْيِى وَ يُمِيتُ
Bu deraza Risolat osmonining quyoshi, balki quyoshlar quyoshi bo’lgan Hazrati Muhammad Alayhissalotu Vassalomning derazasidir. Shu g’oyat porloq va juda buyuk va o’ta nuroniy deraza O’ttiz Birinchi So’z bo’lgan Me`roj Risolasi ila O’n to’qqizinchi So’z bo’lgan Nubuvvati Ahmadiya (Alayhissalotu Vassalom) Risolasida va O’n To’qqiz Ishoradan iborat O’n To’qqizinchi Maktubda qanchalik nuroniy va zohir ekani isbotlangani uchun, u ikki So’zni va u Maktubni va u Maktubning O’n To’qqizinchi Ishorasini bu maqomda o’ylab, so’zni ularga havola qilib, yolg’iz shuni aytamizki:
Tavhidning notiq hujjati bo’lgan Zoti Ahmadiya Alayhissalotu Vassalom risolat va valiylik qanotlari ila, ya`ni o’zidan avvalgi barcha anbiyolarning tavotur ila hamjihatliklarini va o’zidan so’ng kelgan barcha avliyolarning va asfiyolarning hamjihatlikdagi tavoturlarini o’zida jamlagan bir quvvat ila butun hayotida bor quvvati ila Vahdoniyatni ko’rsatib e`lon etgan. Va Islom Olami kabi keng, porloq, nuroniy derazani ma`rifatulloh sari ochgan. Imomi G’azzoliy, Imomi Rabboniy, Muhyiddin Arabiy, Abdulqodir Geyloniy kabi millionlab muhaqqiq asfiyolar va siddiqiynlar u derazadan boqayotirlar, boshqalarga ham ko’rsatayotirlar.
Ajabo, bunday bir derazani berkitadigan bir parda bormi? Va uni tuhmatga qo’yib, bu derazadan boqmaganning aqli bormi? Qani, o’zing ayt-chi!
Аудио мавжуд эмас