So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 450
(428-452)
Xuddi shuning kabi, bu koinotdagi mavjudotlar har biri o’z mohiyati bilan, sifati bilan ko’p imkoniyatlar yo’llari ichra o’ziga xos bir vujudi va hikmatli bir surati va foydali sifatlari qanday qilib bir Vojib-ul Vujudga shahodat etsa. Shuningdek murakkabotga kirganlari vaqt har bir murakkabda yanada boshqa til bilan yana Sone`ini e`lon qiladi. Bora-bora to eng ulkan murakkabga qadar nisbati va vazifasi, xizmati e`tibori ila, Sone`i Hakiymning vujubi vujudiga va ixtiyoriga va irodasiga shahodat beradi. Chunki bir narsani barcha murakkabotga hikmatli munosabatini muhofaza qilish suratida joylashtirgan zotgina u murakkabotning Xoliqi bo’la oladi. Demak, birgina narsa minglab tillar bilan Unga shahodat beradigan hukmidadir.
Xullas, nafaqat koinotning mavjudoti adadicha, balki mavjudotlarning sifatlari va murakkaboti adadicha imkoniyatlar nuqtasidan ham Vojib-ul Vujudning mavjudligiga doir shahodatlar keladi.
Xullas, ey g’ofil! Koinotni to’ldirgan bu shahodatlarni, bu sadolarni eshitmaslik uchun qay daraja garang va aqlsiz bo’lmoq lozim? Qani sen aytchi!..

O’ttiz Birinchi Deraza

لَقَدْ خَلَقْنَا اْلاِنْسَانَ فِى اَحْسَنِ تَقْوِيمٍ وَ فِى اْلاَرْضِ اَيَاتٌ لِلْمُوقِنِينَ وَ فِى اَنْفُسِكُمْ اَفَلاَ تُبْصِرُونَ
Shu deraza inson derazasidir va anfusiydir. Va anfusiylik jihatida bu derazaning tafsilotini minglab muhaqqiq avliyolarning mufassal kitoblariga havola etib, faqatgina Qur`on fayzidan olganimiz bir necha asosga ishora qilamiz. Shundayki:
O’n Birinchi So’zda bayon etilganidek: "Inson shunday jome` bir nusxaki, Janobi Haq barcha ismlarini insonning nafsi orqali insonga his etdiradi". Tafsilotini boshqa So’zlarga havola etib, faqat uch nuqtani ko’rsatamiz.
Birinchi Nuqta: Inson uch jihat ila Ilohiy ismlarga bir oynadir.
Birinchi Jihat: Kechadagi zulmat qanday nurni ko’rsatsa, shuning kabi inson zaifligi va ojizligi ila, faqirligi va ehtiyojlari ila, noqisligi va kamchiligi ila bir Qodiyri Zuljalolning qudratini, quvvatini, boyligini, rahmatini bildiradi va hokazo, juda ko’p Ilohiy sifatlarga shu suratda oynadorlik qiladi. Hatto hadsiz ojizligi va nihoyatsiz zaifligida hadsiz dushmanlarga qarshi bir tayanch nuqtasi izlash bilan vijdoni doimo Vojib-ul Vujudga intizor bo’ladi. Ham nihoyatsiz faqirligi, nihoyatsiz ehtiyojlari ichra behisob maqsadlarga erishtiruvchi bir madad nuqtasi izlashga majbur bo’lgani uchun, vijdon doimo u nuqtadan bir G’aniyyi Rahiymning dargohiga tayanadi, duoga qo’l ochadi. Demak, har bir vijdonda shu tayanch nuqtasi va madad nuqtasi jihatida ikki kichik deraza Qodiyri Rahiymning rahmati huzuri sari ochiladi, har vaqt u orqali boqa oladi.
Oynadorlikning ikkinchi jihati esa: Insonga namunalar sifatida berilgan juz`iy ilm, qudrat, ko’rmoq, eshitmoq, mulkdorlik, hokimiyat kabi juz`iyot bilan koinot Malikining ilmiga va qudratiga, ko’rishiga, eshitishiga, rububiyati hokimiyatiga oynadorlik qiladi. Ularni anglaydi, bildiradi. Masalan, "Men qanday qilib shu uyni qurdim va qurishini bilaman va ko’rmoqdaman va uning egasiman va idora qilmoqdaman, xuddi shuning kabi shu ulkan koinot saroyining ham bir Ustasi bor. Ul Usta uni biladi, ko’radi, quradi, boshqaradi va hokazo..."
Oynadorlikning uchinchi jihati esa: Inson ustida naqshlari ko’ringan Ilohiy ismlarga oynadorlik etadi. O’ttiz Ikkinchi So’zning Uchinchi Qismining boshida bir oz izohlangan insonning jome` mohiyatida yetmishdan ziyod ismlarning naqshlari bordir. Masalan, yaratilishidan Sone`, Xoliq ismini va bichimining go’zalligidan Rahmon va Rahiym ismlarini va go’zal tarbiyasidan Kariym, Latif ismlarini va hokazo, barcha a`zo va olatlari bilan, jihozlari va gavharlari bilan, latif tuyg’ulari va ma`naviyati bilan, havas va hissiyotlari bilan alohida-alohida ismlarning boshqa-boshqa naqshlarini ko’rsatadi. Demak, ismlar orasida bir Ismi A`zam bo’lganidek u ismlarning naqshlarida ham bir naqshi a`zam borki, u ham bo’lsa insondir.
Аудио мавжуд эмас