So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 448
(428-452)
Demak, har bir narsada, xususan jonzotlarda shunday ajoyib bir naqsh, shunday mo’`jizakor bir san`at borki, uni shunchalik yasagan va shunchalik ma`nodor naqsh solgan barcha ashyoni yasay oladi. Va barcha ashyolarni yasagan albatta Udir. Demak barcha ashyolarni yasolmagan, birgina narsani ijod qilolmas.
Xullas, ey g’ofil! Shu koinotning yuziga boqki, bir-biri ichra hadsiz Samadoniy maktublar hukmida bo’lgan mavjudot sahifalari va har bir maktub ustida hadsiz Tavhid muhrlari ila bosilgan barcha bu muhrlarning shahodatini kim yolg’onga chiqara oladi? Qaysi quvvat uni so’ndira oladi? Qalb qulog’i ila qay birini tinglasang اَشْهَدُ اَنْ لاَ اِلهَ اِلاَّ اللّهُ deyotganini eshitasan.

O’ttizinchi Deraza

لَوْ كَانَ فِيهِمَاۤ اٰلِهَةٌ اِلاَّ اللهُ لَفَسَدَتَا
كُلُّ شَىْءٍ هَالِكٌ اِلاَّ وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
Bu deraza imkon va hudusga asoslangan umum kalom ilmi olimlarining derazasidir. Va Vojib-ul Vujudga qaratilgan yo’llaridir. Buning tafsilotini "Sharh-ul Mavoqif" va "Sharh-ul Maqosid" kabi muhaqqiq olimlarning buyuk kitoblariga havola etib, yolg’iz Qur`onning fayzidan va shu derazadan ruhga kelgan bir-ikki shuani ko’rsatamiz. Shundayki:
Amirlikning va hokimlik taqozosi raqib qabul qilmaslikdir, sheriklikni rad qilishdir, mudohalani bartaraf qilishdir. Shuning uchun kichkina bir qishloqda ikkita rais bo’lsa, qishloqning osoyishtaligini va intizomini buzadilar. Bir nohiyada ikki mudir, bir viloyatda ikki hokim bo’lsa, ostin-ustin qiladilar. Bir mamlakatda ikki podshoh bo’lsa, qizg’in kurashlarga sababchi bo’ladilar.
Modomiki hokimiyat va amirlikning soyasining zaif bir ko’lankasi va kichik bir namunasi yordamga muhtoj ojiz insonlarda bunday raqobat va ziddiyatni va o’ziga o’xshaganning mudohalasini qabul qilmasa, ajabo mutlaq saltanat suratidagi hokimiyat va rububiyat darajasidagi amirlik bir Qodiyri Mutlaqda qay daraja o’zganing mudohalasini rad qilish qonuni naqadar asosli bir suratda hukmini ijro etishini qiyos qil. Demak Uluhiyat va Rububiyatning eng qat`iy va doimiy sharti Vahdat va infiroddir.
Bunga ochiq bir dalil va qat`iy shohid koinotdagi eng mukammal intizom va eng go’zal saranjomlikdir. Pashsha qanotidan tortib samovot qandillariga qadar shunday bir nizom borki, aql uning qarshisida hayratidan va tahsinidan "Subhanalloh, Mashaalloh, Barakalloh" deb sajda qiladi. Agar sherikka zarra miqdor o’rin bo’lsa edi, dahldorligi bo’lsa edi,لَوْ كَانَ فِيهِمَا آلِهَةٌ اِلاَّ اللّهُ لَفَسَدَتَا oyati karimasining dalolatiga ko’ra, intizom buzilardi, surat o’zgarardi, fasod asari ko’ringan bo’lardi. Holbuki:
فَارْجِعِ الْبَصَرَ هَلْ تَرَى مِنْ فُطُورٍ ثُمَّ ارْجِعِ الْبَصَرَ كَرَّتَيْنِ يَنْقَلِبْ اِلَيْكَ الْبَصَرُ خَاسِئًا وَ هُوَ حَسِيرٌ
dalolati ila va shu ifodaga ko’ra inson nazari kamchiligini topmoq uchun qanchalik urinmasin, hech qayerda kamchilik topolmay horg’in holda manzili bo’lmish ko’zga kelib, uni jo’natgan tanqidchi aqlga deydiki, "Behudaga charchadim, kamchilik yo’q". Bu bilan ko’rsatadiki, nizom va intizom g’oyat mukammaldir. Demak, koinotdagi intizom vahdoniyatning qat`iy shohididir.
Kel endi, "hudus"ga qaytaylik. Kalom ilmi olimlari deganlarki: Olam o’zgaruvchandir. Har o’zgaruvchan narsa hodisdir. Har bir hodisning bir muhdisi, ya`ni ijodkori bordir. Shunday ekan, bu koinotning qadim bir mujidi bor.
Аудио мавжуд эмас