So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 446
(428-452)
Ajabo, shu qudrat mo’`jizasiga qaysi sababni ro’kach qilish mumkin? Miya to’qimalarinimi? Oddiy, idroksiz hujayra zarralarinimi? Tasodif shamollarinimi? Holbuki u san`at mo’`jizasi shunday bir Zotning san`ati bo’lishi mumkinki, insonning qiyomat kunida oshkor qilinadigan ulkan amal daftaridan hisob-kitob vaqtida unga xotirlatadigan va qilgan har bir ishlari yozilganini bildirmoq uchun kichik bir hujjat sifatida nusxa ko’chirib, yozib, aqlining dastiga beradigan bir Sone`i Hakiymning san`ati bo’lishi mumkin.
Endi inson xotirasining misoli o’laroq barcha tuxumlarni, danaklarni, urug’larni qiyos qil. Va bu jome`, kichkinagina mo’`jizalarga boshqa musabbablarni ham qiyos qil. Chunki qaysi musabbabga va san`atli asarga qarama, shu daraja g’aroyib bir san`at borki, nafaqat uning oddiy, sodda sababi, balki barcha sabablar to’plansa, uning oldida ojizligini izhor etadilar. Masalan, buyuk bir sabab deb hisoblangan Quyoshni ixtiyorli va ongli deb faraz qilib unga deyilsa: "Bir pashshaning vujudini yarata olasanmi?" Albatta u deydiki: "Xoliqimning ehsoni tufayli do’konimda ziyo, ranglar, harorat ko’p. Biroq pashshaning vujudida ko’z, quloq, hayot kabi shunday narsalar borki, na mening do’konimda topiladi va na iqtidorim yetadi".
Ham bamisoli, musabbabdagi g’aroyib san`at va ziynat sabablarni vazifadan bo’shatib, Musabbib-ul Asbob bo’lgan Vojib-ul Vujudga ishora qilib, وَ اِلَيْهِ يُرْجَعُ اْلاَمْرُ كُلُّهُ ning siriga ko’ra, barcha ishlarni Unga taslim etganidek; musabbablarga berilgan natijalar, g’oyalar, foydalar, yaqqol ravishda sabablar pardasi orqasida turgan bir Rabbi Kariymning, bir Hakiymi Rahiymning ishlari ekanini ko’rsatadi. Chunki idroksiz sabablar, albatta bir g’oyani o’ylab harakat qilmaydi Holbuki, ko’rmoqdamizki vujudga kelgan har bir maxluq bir g’oya emas, balki ko’p g’oyalarni, ko’p foydalarni, ko’p hikmatlarni ko’zlab vujudga kelmoqda. Demak, bir Rabbi Hakiym va Kariym u narsalarni yaratib jo’natmoqda. U foydalarni ularning vujudining g’oyasi qilmoqda.
Masalan, yomg’ir yog’adi. Zohiran yomg’irni keltirib chiqargan sabablar hayvonotni o’ylab, ularga achinib marhamat etishdan naqadar uzoq ekani ma`lumdir. Demak, hayvonotni yaratgan va rizqlarini o’z zimmasiga olgan bir Xoliqi Rahiymning hikmati ila madadga yuborilmoqda. Hatto yomg’ir "rahmat" deb ataladi. Chunki ko’p rahmat asarlarini va foydalarni o’zida jamlaganidan, go’yo rahmat yomg’ir shaklida mujassamlashgan, qatralarga bo’lingan, qatra-qatra bo’lib yog’adi.
Ham barcha maxluqotning yuziga tabassum qilgan barcha ziynatli o’simlik va hayvonotdagi bezaklar va go’zalliklar, yaqqol ravishda, g’ayb pardasi orqasida shu bezakli va go’zal san`atlar bilan o’zini tanitishni va sevdirishni va bildirishni istagan bir Zoti Zuljalolning vujubi vujudiga va vahdatiga dalolat etadilar. Demak, ashyolardagi bezakli vaziyatlar, go’zal kayfiyatlar tanitmoq va sevdirmoq sifatlaridan qat`iyan dalolat beradi. Sevdirmoq va tanitmoq sifatlari esa, yaqqol ravishda Vadud, Ma`ruf bir Sone`i Qodiyrning vujubi vujudiga va vahdatiga shahodat beradi.
Al-hosil: Sabab g’oyat oddiy, ojiz. Va undan deb bilingan musabbab esa g’oyat san`atli va qiymatli bo’lgani uchun sababni yaratishdan chetlatadi. Ham musabbabning g’oyasi, foydasi ham johil va jonsiz bo’lgan sabablarni o’rtadan otadi, bir Sone`i Hakiymning qo’liga taslim etadi. Ham musabbabning yuzidagi ziynatlar va mahoratlar o’z qudratini ong egalariga bildirmoq istagan va o’zini sevdirmoq orzu etgan bir Sone`i Hakiymga ishora qiladi.
Ey sababparast bechora! Bu uch muhim haqiqatni nima bilan izohlay olasan? Sen qanday qilib o’zingni qondira olasan? Aqling bo’lsa, sabablar pardasini yirt, "Vahdahu la sharika lah" de, hadsiz vahimalardan qutul!
Аудио мавжуд эмас