So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 443
(428-452)
Uyasini hikmat bilan go’zallashtirib nizomga soladi. Ayni vaqtda Kariym ismining ham jilvasi ko’rinib, maskanini ehtiyojiga ko’ra tartibga soladi va ziynatlaydi. Yana ayni holda Rahiym ismining jilvasi ko’rinadiki, u hayotning davom va kamol topishi uchun turli-tuman ehsonlar bilan lutf qiladi. Yana ayni holda Razzoq ismining ham jilvasi ko’rinadiki, u hayotning davom etishiga va taraqqiyotiga lozim bo’lgan moddiy va ma`naviy ozuqalarni yetishtiradi. Va qisman badanida to’plab qo’yadi.
Demak, hayot bir doiraning markaziy nuqtasi hukmida bo’lib, xilma-xil sifatlar bir-birining ichiga kiradi, balki bir-birining ayni bo’ladi. Go’yo hayot tamoman ham ilmdir, ayni holda ham qudratdir, ayni holda ham hikmat va rahmatdir va hokazo... Xullas, hayot bu jome` mohiyati e`tibori ila zoti Rabboniyning shuunlariga oynadorlik qilgan bir Samadiyat oynasidir.
Ushbu sirdandirki, Hayyi Qayyum bo’lgan Zoti Vojib-ul Vujud hayotni juda ham ko’p va mo’l qilib yaratib tarqatadi va yoyadi. Va har narsani hayotning atrofida to’plab, unga xizmatkor qiladi. Chunki hayotning vazifasi ulkandir. Ha, Samadiyat oynasi bo’lmoq oson narsa emas, oddiy bir vazifa emas!
Xullas, ko’z o’ngimizda har vaqt biz ko’rayotgan bu son-sanoqsiz yangi-yangi hayotlar va hayotlarning asllari va zotlari bo’lgan ruhlarning birdaniga va yo’qdan vujudga kelishlari va yuborilishlari bir Zoti Vojib-ul Vujud va Hayyi Qayyumning vujubi vujudini va muqaddas sifatlarini va go’zal ismlarini, yog’dular Quyoshni ko’rsatganidek ko’rsatmoqdalar. Quyoshni tanimagan va qabul qilmagan odam, kunduzni to’ldirgan ziyoni inkor qilishga qanchalik majbur bo’lsa, xuddi shuningdek Hayyi Qayyum, Muhyi va Mumit bo’lgan Shamsi Ahadiyatni tanimagan odam zamin yuzini, balki o’tmish va istiqbolni to’ldirgan hayot sohiblarining vujudini inkor etmog’i lozim va hayvondan yuz baravar tubanlashmog’i lozim. Hayot martabasidan tushib, jonsiz bir johilning johili bo’lmog’i lozim!

Yigirma To’rtinchi Deraza

لاَ اِلهَ اِلاَّ هُوَ كُلُّ شَيْءٍ هَالِكٌ اِلاَّ وَجْهَهُ لَهُ الْحُكْمُ وَ اِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

O’lim hayot kabi rububiyatning bir dalilidir. Vahdoniyatning g’oyat quvvatli bir hujjatidir. اَلَّذِى خَلَقَ اْلمَوْتَ وَاْلحَيَوةَ ning dalolatiga ko’ra, o’lim yo’qlik, yo’q qilinish, fano, hechlik, foilsiz bir inqiroz emas, balki bir Foili Hakiym tarafidan xizmatdan ta`tilga chiqmoq va makon o’zgartirmoq va badan o’zgartirmoq va vazifadan bo’shatilmoq va badan hibsidan ozod qilinmoq va muntazam bir hikmat asari ekanligi Birinchi Maktubda ko’rsatilgandir.
Ha, bamisoli yer yuzidagi san`atlar va jonzotlar va hayotdor zamin yuzi bir Sone`i Hakiymning vujubi vujudiga va vahdoniyatiga shahodat etganlaridek, u jonzotlar o’limlari bilan bir Hayyi Boqiyning sarmadiyatiga va vohidiyatiga shahodat etadilar. Yigirma Ikkinchi So’zda o’lim g’oyat quvvatli bir vahdat burhoni va sarmadiyatning hujjati ekani isbot va izoh etilganidan, shu bahsni u So’zga havola qilib, faqat muhim bir nuktasini bayon etamiz. Shundayki:
Bamisoli tirik jonzotlar vujudlari bilan bir Vojib-ul Vujudning mavjudligiga dalolat qilganidek, o’limlari bilan ham bir Hayyi Boqiyning sarmadiyatiga, vahdoniyatiga shahodat etadilar. Masalan, birgina jonzot bo’lmish zamin yuzi intizomlari ila, holatlari ila Sone`ni ko’rsatgani kabi, o’lgan vaqt, ya`ni qish oppoq kafani bilan o’lgan zamin yuzini qoplashi bilan insonning nazarini undan tortadi.
Аудио мавжуд эмас