So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 441
(428-452)
Quyosh sistemasining, ya`ni Quyoshning parvonalari va mevalari bo’lgan o’n ikki sayyoraning ajoyibotlarini Allohning cheksiz ilmiga havola etib, faqat ko’z o’ngimizdagi sayyoramiz bo’lgan Yerga diqqatni qaratamiz. Ko’ramizki, bu sayyoramiz rububiyat shavkatining azamatini va uluhiyat saltanatining hashamatini va mukammal rahmat va hikmatini ko’rsatadigan bir suratda Quyoshning atrofida Rabboniy amr ila, Uchinchi Maktubda bayon etilganidek, juda ulkan bir xizmat uchun unga uzun bir sayru-sayohat qildirilmoqda. Unga Ilohiy san`at ajoyibotlari bilan to’ldirilgan bir Rabboniy kema va Allohning ongli bandalariga sayrgoh kabi bir kezuvchi maskan vaziyati berilgan. Vaqt va hisobni bildiruvchi soat ko’rsatkichi kabi bo’lgan Oy esa aniq hisoblar bilan, azim hikmatlar bilan unga biriktirilgan. Va u Oyga boshqa manzillarda o’zgacha sayru-sayohat qilish berilgan.
Xullas, bu muborak sayyoramizning shu holatlari Yer kurrasidek quvvatli bir shahodat ila Qodiyri Mutlaqning vujubi vujudini va vahdatini isbotlaydi. Modomiki shu sayyoramiz bunday ekan, Quyosh sistemasini unga qiyoslashing mumkin.
Ham Quyoshga, tortish kuchi deb atalgan ma`naviy iplarni o’z o’qi atrofida kalava o’rash uchun charxpalak va chig’iriq hukmida bo’lgan Quyoshni bir Qodiyri Zuljalolning amri ila aylantirib, u sayyoralarni shu ma`naviy iplar bilan bog’lab nizomga solmoq va Quyoshni barcha sayyoralari ila bir soniyada besh soatlik masofani bosib o’tuvchi bir tezlik bilan, bir taxminga ko’ra "Xarkul burji" tarafiga va yo "Shams-ush shumus" tomon yo’llamoq, albatta Azal va Abad Sultoni bo’lgan Zoti Zuljalolning qudrati va amri iladir. Go’yo rububiyatining hashamatini ko’rsatmoq uchun bu chopar askarlari hukmida bo’lgan Quyosh sistemasining lashkari bilan bir manyovr qildiradi.
Ey falakiyotchi janob! Qaysi tasodif bu ishlarga aralasha oladi? Qaysi sabablarning qo’li bunga yetisha oladi? Qaysi quvvat bunga yaqinlasha oladi? Qani sen ayt-chi? Hech qachon shunday bir Zoti Zuljalol ojizlik qilib, o’z mulkiga boshqani aralashtiradimi? Boxusus koinotning mevasi, natijasi, g’oyasi, xulosasi bo’lgan tirik jonzotlarni boshqa qo’llarga berib qo’yadimi? Boshqa birovning dahldorligiga yo’l qo’yadimi? Boxusus u mevalarning eng jome`i va u natijalarning eng mukammali va zamin xalifasi va u Sultonning oynador bir musofiri bo’lgan insonlarni bebosh qo’yadimi? Va ularni tabiatga va tasodifga havola etib, saltanatining hashamatini yo’qqa chiqaradimi? Mukammal hikmatini poymol qiladimi?

Yigirma Ikkinchi Deraza

اَلَمْ نَجْعَلِ اْلاَرْضَ مِهَادًا وَ الْجِبَالَ اَوْتَادًا وَخَلَقْنَاكُمْ اَزْوَاجًا
فَانْظُرْ اِلَى آثَارِ رَحْمَةِ اللّهِ كَيْفَ يُحْيِى اْلاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا
Yer kurrasi bir boshdirki, yuz ming og’zi bor. Har bir og’zida yuz ming tili bor. Har bir tilida yuz ming dalili borki, har biri ko’p jihat ila Vojib-ul Vujud, Vohidi Ahad, har narsaga qodir, har narsaga olim bir Zoti Zuljalolning vujubi vujudiga va vahdatiga va muqaddas sifatlariga va go’zal ismlariga shahodat etadilar.
Ha, yerning dastlab yaratilishiga qarasak ko’ramizki, suyuq holga kelgan bir oquvchan moddadan toshni va toshdan tuproqni yaratgan. Suyuqligicha qolsaydi, yashab bo’lmasdi. U suyuqlik toshga aylangandan so’ng temirdek qattiq bo’lsaydi, foydalanib bo’lmasdi. Albatta unga bu vaziyatni bergan yer aholisining ehtiyojini ko’rib turgan bir Sone`i Hakiymning hikmatidir.
So’ngra tuproq qatlamining ustiga tog’lar qozig’i qoqilgan, toki ichidagi dohiliy o’zgarishlardan kelib chiqqan zilzilalar tog’lar orqali nafas olib, zaminni harakatidan va vazifasidan yanglishtirmasin.
Аудио мавжуд эмас