So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 442
(428-452)
Ham tuproqni dengizning istilosidan qutqarsin. Ham tirik jonzotlarning hayotiy ehtiyojlari uchun bittadan xazina bo’lsin. Ham havoni tarab, zararli gazlardan tozalasin, toki nafas olish mumkin bo’lsin. Ham suvlarni biriktirib to’plasin. Ham tirik jonzotlarga lozim bo’lgan boshqa ma`danlarga manba va mador bo’lsin.
Xullas, bu vaziyat bir Qodiyri Mutlaq va bir Hakiymi Rahiymning vujubi vujudiga va vahdatiga g’oyat qat`iy va quvvatli shahodat etadi.
Ey jo’g’rofiyachi janob! Buni qanday izohlaysan? Qaysi tasodif shu san`at ajoyibotlariga to’la Rabboniy kemani ajoyib bir ko’rgazma suratida yasab, yigirma to’rt ming yillik masofada bir yilda tezlik bilan aylantirib, uning yuzida tizilgan ashyolardan hech birini tushirmasin.
Ham zamin yuzidagi ajib san`atlarga boq! Unsurlar qay daraja hikmat bilan vazifalantirilganlar.. Bir Qodiyri Hakiymning amri bilan zamin yuzidagi Rahmon musofirlarini qandayin go’zal parvarish qilmoqdalar, xizmatlarida yelib-yugurmoqdalar.
Ham ajoyib va g’aroyib san`atlar ichida rango-rang ajib, hikmatli yer yuzining siymosidagi bu naqshli chiziqlarga boq! Anhor va soylarni, dengiz va irmoqlarni, tog’ va tepaliklarni qanday qilib aholisi bo’lgan xilma-xil maxluqlariga va bandalariga munosib bittadan maskan va tashinish vositalari qilib qo’yganini tomosha qil. So’ngra mukammal hikmat va intizom ila ularni yuz minglab o’simlik turlari va hayvonot navlari bilan to’ldirib, hayot berib jonlantirmoq, vaqt-bevaqt muntazam tarzda o’lim bilan vazifadan ozod qilib, yana muntazam tarzda "Ba`su ba`dal mavt" suratida to’ldirilishi bir Qodiyri Zuljalolning va bir Hakiymi Zulkamolning vujubi vujudiga va vahdatiga yuz minglab tillar bilan shahodat etadilar.
Al-hosil: Yuzi san`at ajoyibotlariga bir ko’rgazma va maxluqot g’aroyibotlariga bir mahshar va mavjudot karvoniga bir yo’l va bandalarining saflariga bir masjid va qarorgoh bo’lgan zamin, butun koinotning qalbi hukmida bo’lganidan, koinot qadar vahdoniyat nurini ko’rsatadi.
Xullas, ey jo’g’rofiyachi janob! Bu zamin boshi yuz ming og’iz, har birida yuz ming til bilan Allohni tanittirsa-yu, sen Uni tanimasang, boshingni tabiat botqog’iga suqsang, qay daraja qabohatda ekaningni angla. Seni qay daraja dahshatli jazoga haqdor qilishini bil, uyg’on va boshingni botqoqdan chiqar, آمَنْتُ بِاللّهِ الَّذِى بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ de.

Yigirma Uchinchi Deraza

اَلَّذِى خَلَقَ اْلمَوْتَ وَاْلحَيَوةَ

Hayot Rabboniy qudrat mo’`jizalarining eng nuroniysidir, eng go’zalidir. Va vahdoniyat dalillarining eng quvvatlisi va eng porlog’idir. Va samadoniy jilvalarni ko’rsatgan oynalarning eng jome`i va eng tinig’idir.
Ha, hayotning yolg’iz o’zi bir Hayyi Qayyumni barcha ismlari va shuunoti ila bildiradi. Chunki hayot juda ko’p sifatlardan iborat bir ziyo, bir malhamdir. Yetti xil rang ziyoda va turli xil davolar malhamda birlashgan bo’lganidek, hayot ham juda ko’p sifatlardan iborat bir haqiqatdir. Shu haqiqatdagi sifatlardan bir qismi tuyg’ular vositasida kengayib, ochilib ayriladilar. Aksariyat qismi esa hissiyot suratida o’zlarini his ettiradilar. Va hayotdan qaynab chiqayotgan suratda o’zlarini bildiradilar.
Ham hayot koinotning tadbir va idorasida hukmron bo’lgan rizq va rahmat va inoyat va hikmatni o’z ichiga oladi. Go’yo hayot ularni o’ziga ergashtirib, kirgan yeriga tortadi. Masalan, hayot bir jismga, bir badanga kirgan vaqt Hakiym ismining ham jilvasi ko’rinadi.
Аудио мавжуд эмас