So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 444
(428-452)
Va yoxud nazar u o’tgan bahor janozasining orqasidan o’tmishga ketadi, yanada keng bir manzarani ko’rsatadi. Ya`ni, har biri bittadan qudrat mo’`jizasi bo’lgan zaminni to’ldirib o’tgan barcha bahorlar kabi, yangidan kelajak bittadan qudrat ajoyiboti va bittadan hayotdor zamin bo’lgan va bahorni to’ldirgan hayotdor mavjudotlarning kelishlarini his qildirib va mavjudliklariga shahodat etgani tufayli, shunday keng bir miqyosda, shunday porloq bir suratda, shunday quvvatli darajada bir Sone`i Zuljalolning, bir Qodiyri Zulkamolning, bir Qayyumi Boqiyning, bir Shamsi Sarmadiyning vujubi vujudiga va vahdatiga va baqo va sarmadiyatiga shahodat etadilar va shunday porloq dalillar ko’rsatadilarki, istar-istamas yaqqol darajada "Amantu billahil-vahid-il ahad" deb ayttiradi.
Al-hosil: وَ يُحْيِى اْلاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا siriga ko’ra, bu hayotdor zamin bir bahorda Sone`ga shahodat etgani kabi, uning o’lishi bilan nazarni zamonning ikki qanoti bo’lgan o’tgan va kelajakka tizilgan qudrat mo’`jizalariga qaratadi. Bir bahor o’rniga minglab bahorni ko’rsatadi. Bir mo’`jiza o’rniga minglab qudrat mo’`jizalariga ishora qiladi. Va o’sha bahorlarning har biri shu hozirgi bahordan ko’ra qat`iyroq shahodat etadi. Chunki moziyga ko’chganlar zohiriy sabablari bilan birga ketgan, orqalarida yana o’zlari kabi boshqalar o’rniga kelgan. Demak, zohiriy sabablar hech narsa emas. Bor-yo’g’i, bir Qodiyri Zuljalol ularni yaratib, hikmatiga ko’ra sabablarga bog’lab yuborganini ko’rsatadi. Va kelajakda tizilgan hayotdor zamin yuzlari esa yanada porloq shahodat etadi. Chunki yangidan, yo’qdan, hechdan yaratilib yuboriladi, yerga qo’yilib, vazifa bajartirib, so’ngra yuboriladi.
Xullas, ey tabiatda o’ralashib va botqoqda botish darajasiga kelgan g’ofil! Butun o’tmish va kelajakka etadigan hikmatli va qudratli ma`naviy qo’l sohibi bo’lmagan bir narsa, qanday qilib bu zamin hayotiga aralasha oladi? Sen kabi yo’q ichra yo’q bo’lgan tasodif va tabiat bunga aralasha oladimi? Qutulishni istasang, "Tabiat, nari borsa, Ilohiy qudratning bir daftaridir. Tasodif esa johilligimizni o’rab turgan yashirin Ilohiy hikmatning bir pardasidir," degin-da, haqiqatga yaqinlash.

Yigirma Beshinchi Deraza
Ma`lumki, urilgan narsa uruvchidan dalolat beradi. San`atli bir asar san`atkorning borligini bildiradi. Valad volidning bo’lishini taqozo qiladi. Tahtiyat favqiyatning zaruratini ko’rsatadi va hokazo...
"Umuri izofiya" deb atalgan bir-birisiz bo’lmaydigan barcha nisbiy sifatlar kabi, shu koinotning har bir qismida va umumida ko’ringan imkon ham vujubni ko’rsatadi. Va ular ustida ko’rinayotgan barcha harakatlar bir fe`lni ko’rsatadi. Va umumida ko’ringan maxluqiyat Xoliqiyatni ko’rsatadi. Va umumida ko’ringan ko’plik va tarkib vahdatning zaruratini ko’rsatadi. Va vujub va fe`l va xoliqiyat va vahdat esa, yaqqol va zaruriy ravishda mumkin, munfail, ko’p, tarkib topgan, maxluq bo’lmagan, vojib va foil, vohid va xoliq sifatlarining egasini istaydi. Unday bo’lsa, shaksiz butun koinotdagi barcha ehtimollar, barcha harakatlar, barcha yaratilishlar, barcha ko’plik va tarkiblar bir Zoti Vojib-ul Vujud, Faol-un Lima Yurid, Xoliqi Kulli Shayga, Vohidi Ahadga shahodat etadilar.
Al-hosil: Imkondan vujub, harakatdan faoliyat va ko’plikdan birlik qanday ko’rinayotgan bo’lsa va bularning mavjudligi ularning mavjudligiga qat`iyan dalolat etsa. Xuddi shuningdek, mavjudotlar ustida ko’ringan maxluqiyat va marzuqiyat kabi sifatlar ham san`atkorlik va razzoqiyat kabi faoliyatlarning mavjudligiga qat`iy dalolat etadi. Shu sifatlarning mavjudligi ham shaksiz va shubhasiz bir Xalloq va bir Razzoq Sone`i Rahiymning mavjudligiga dalolat etadi.
Demak, har bir mavjudot o’zidagi yuzlab bu xil sifatlar tili bilan Zoti Vojib-ul Vujudning yuzlab go’zal ismlariga shahodat etadilar. Bu shahodatlar qabul qilinmasa, mavjudotlarning barcha bu xildagi sifatlarini inkor etishga to’g’ri keladi.
Аудио мавжуд эмас