So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 447
(428-452)
Yigirma Sakkizinchi Deraza

وَمِنْ اٰيَاتِهِ خَلْقُ السَّمٰوَاتِ وَاْلاَرْضِ وَاخْتِلاَفُ اَلْسِنَتِكُمْ وَاَلْوَانِكُمْ اِنَّ فِى ذٰلِكَ َلاٰيَاتٍ لِلْعَالِمِينَ
Shu koinotga boqib ko’rmoqdamizki, badan hujayralaridan tortib to butun olamni o’z ichiga olgan bir hikmat va intizom bor.
Badan hujayralariga boqib ko’rmoqdamizki, badanning foydalarini ko’zlagan va boshqarayotgan bir zotning amri ila, qonuni ila shu kichkina hujayralarda ahamiyatli bir tadbir bor. Bamisoli bir qism rizq ichki yog’lar suratida oshqozonda to’planib, ehtiyoj bo’lgan vaqtda sarflansa, aynan u kichkina hujayralarda ham shundayin sarflanish va to’planish bor.
O’simliklarga nazar solsak, nihoyat darajada hakiymona bir tarbiya, bir tadbir ko’rinadi.
Hayvonotga nazar solsak, nihoyat darajada kariymona bir tarbiya va oziqlantirishni ko’ramiz.
Koinotning azim daryolariga nazar solsak, muhim g’oyalar uchun hashamatkorona bir aylantirilish va yoritilishni ko’ramiz.
Butun olamga nazar solsak, muntazam bir mamlakat, bir shahar, bir saroy hukmida oliy hikmatlar, qiymatli g’oyalar uchun mukammal tarzda nizomga solinganini ko’ramiz. O’ttiz Ikkinchi So’zning Birinchi Qismida izoh va isbotlanganiga binoan, bir zarradan tortib to yulduzlarga qadar har narsa zarra miqdor shirkka o’rin qoldirmaydi. Shunchalik bir-birlariga ma`nan bog’liqdirlarki, butun yulduzlarni bo’ysundirmagan va qo’lida tutmagan bir zarraga so’zini o’tkazolmaydi. Bir zarraga haqiqiy Rabb bo’lish uchun barcha yulduzlarga sohib bo’lmoq lozim bo’ladi. Ham, O’ttiz Ikkinchi So’zning Ikkinchi Qismida izoh va isbotlanganiga binoan, osmonlarni yaratish va bir maromga keltirishga iqtidori yetmagan insonning siymosida maxsus alomatlarni qilolmas.
Demak, butun osmonlarning Rabbi bo’lmagan bir insonning yuzidagi farqli alomati bo’lgan siymosining naqshini chizolmas. Xullas, koinot qadar buyuk bir derazaki, u orqali qaralsa:
اَللّهُ خَالِقُ كُلِّ شَيْءٍ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ وَكِيلٌ لَهُ مَقَالِيدُ السَّموَاتِ وَ اْلاَرْضِ oyatlari ulkan harflar ila koinot sahifasida yozilgani aql ko’zi bilan ham ko’riladi. Unday bo’lsa, ko’rmaganning yo aqli yo’q, yo qalbi yo’q. Va yo inson suratidagi bir hayvondir!

Yigirma To’qqizinchi Deraza
وَ اِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ يُسَبِّحُ بِحَمْدِهِ
Bir bahor mavsumida g’aribona, mutafakkirona sayohatga chiqqan edim. Bir tepalikning etagidan o’tayotganimda chiroyli bir sariq binafsha ko’zimga tashlandi. Avvallari vatanimda va boshqa mamlakatlarda ko’rgan shu navdagi sariq binafshalarni xotiramga soldi. Shunday bir ma`no qalbga keldiki: Bu chechak kimning imzosi bo’lsa, kimning tamg’asi va kimning muhri va kimning naqshi bo’lsa, albatta butun zamin yuzidagi shu navdagi chechaklar Uning muhrlaridir, tamg’alaridir.
Shu muhr xayolga keltirilgandan so’ng shunday bir tasavvur keldiki: Qandayki muhrlangan bir maktubning muhri u maktubning sohibini ko’rsatsa. Xuddi shuningdek, bu chechak Rahmoniy bir muhrdir. Shu xilma-xil naqshlar bilan va ma`nodor o’simlik satrlari bilan yozilgan shu tepalik ham bu chechak Sone`ining maktubidir. Ham shu tepalik ham bir muhrdir. Shu sahro va tekislik Rahmoniy bir maktub shaklini oldi.
Ushbu tasavvurdan zehnga shunday bir haqiqat ochildiki: Har bir narsa Rahmoniy bir muhr hukmida bo’lib, barcha ashyolarni o’z Xoliqiga bog’laydi, o’z Kotibining maktubi ekanini isbotlaydi. Xullas, har bir narsa shunday bir tavhid derazasidirki, barcha ashyolarni bir Vohidi Ahadning mulki ekanini ko’rsatadi.
Аудио мавжуд эмас