So’zlar | o’ttiz uchinchi so’z | 449
(428-452)
Biz ham deymiz: Ha koinot hodisdir. Chunki ko’rmoqdamizki, har asrda, balki har yilda, balki har mavsumda bir koinot, bir olam ketadi, boshqa biri keladi. Demak, bir Qodiyri Zuljalol borki, bu koinotni yo’qdan ijod qilib, har yili, balki har mavsumda, balki har kuni birini ijod qilib, ong ahllariga ko’rsatadi. Va so’ngra uni olib, boshqasini keltiradi. Bir-birining orqasiga ulab, zanjir tarzida zamon tasmasiga osadi.
Albatta, bu olam kabi bittadan yangilanib turuvchi koinot hukmida bo’lgan har bahorda ko’z o’ngimizda yo’qdan kelib ketuvchi koinotlarni ijod qilgan bir Zoti Qodiyrning qudrat mo’`jizalaridir. Albatta, olam ichra har vaqt olamlarni yaratib o’zgartirgan Zot, shu olamni ham mutlaqo U yaratgan. Va shu olamni va ro’yi zaminni u ulkan musofirlarga mehmonxona qilib qurgan.
Endi "imkon" bahsiga kelaylik. Kalom ilmi olimlari deganlarki: "Imkon "Mutasavviyut-tarafayn"dir. Ya`ni, yo’qlik va mavjudlikning ikkisi ham teng bo’lsa, bir tahsischi, bir tanlovchi, bir mujid lozim. Chunki, mumkinot bir-birini ijod qilib ketma-ket davom etolmas. Yoxud u buni, bu esa uni ijod etib davr suratida ham bo’lolmas. Shunday ekan, bir Vojib-ul Vujud bordirki, bularni ijod qilmoqda". Davr va ketma-ketlikni o’n ikki dalil, ya`ni "arshiy va sullamiy" kabi nomlar bilan atalgan mashhur o’n ikki qat`iy dalil ila davrni botilga chiqarganlar va ketma-ketlikning amri-maholligini ko’rsatganlar. Sabablar silsilasini kesib, Vojib-ul Vujudning mavjudligini isbotlaganlar.
Biz ham deymizki: Sabablar ketma-ketlikning dalillari ila olamning nihoyasida kesilganidan ko’ra, har narsada Xoliqi Kulli Shayga xos tamg’ani ko’rsatmoq qat`iyroq, osonroqdir. Qur`onning fayzi ila barcha Derazalar va barcha So’zlar shu asos uzra ketganlar. Shu bilan birga "imkon" nuqtasining cheksiz bir kengligi bor, hadsiz jihatlar ila Vojib-ul Vujudning mavjudligini ko’rsatadi. Faqat, kalom ilmi olimlarining ketma-ketlikning kesilishi haqidagi yo’liga, garchi haqiqatan keng va buyuk bo’lsa-da, u yo’lgagina xos emasdir. Balki son-sanoqsiz yo’llar ila Vojib-ul Vujudning ma`rifatiga yo’l ochadi, shundayki:
Har bir narsa vujudida, sifatlarida umri davomida hadsiz imkoniyatlar, ya`ni g’oyat ko’p yo’llar va jihatlar ichra taraddudda bo’lgani holda, ko’rmoqdamizki, u hadsiz jihatlar ichida vujudiga mos bir yo’lni muntazam ravishda ta`qib etayotir. Har bir sifatni ham maxsus bir tarzda unga bermoqda. Umri muddatida o’zgartirgan barcha sifat va holatlari ham shunday maxsus bir tarzda berilayotir. Demak, bir tayinlovchining irodasi ila, bir tanlovchining tanlovi ila, bir Mujidi Hakiymning ijodi iladirki, hadsiz yo’llar ichida hikmatli bir yo’lda uni chorlaydi. Muntazam sifatlarni va holatlarni unga kiydiradi.
So’ngra yolg’izlikdan chiqarib, murakkab jismning bir bo’lagi qiladi, imkoniyatlar ziyodalashadi. Chunki u jismda minglab tarzda bo’lishi mumkin. Holbuki natijasiz u vaziyatlar ichra unga natijali, maxsus bir vaziyat beriladiki, muhim natijalari va foydalari va u jismda vazifalari bajartiriladi.
So’ngra u jism ham boshqa jismning bir bo’lagi qilib biriktiriladi. Imkoniyatlar yana ham ziyodalashadi. Chunki minglab tarzlarda bo’lishi mumkin. Xullas u minglab tarzlar ichra birgina vaziyat beriladi. Shu vaziyat ila muhim vazifalar bajartiriladi va hokazo... Borgan sari yanada ziyoda qat`iyat ila bir Hakiymi Mudabbirning vujubi vujudini ko’rsatadi. Bir Amiri Aliymning amri ila chorlanganini bildiradi. Jism ichra jism bir-biri ichida qism bo’lib ketgan butun bu tarkiblarda, qandayki bir askarning vzvodida, rotasida, batal`onida, polkida, diviziyasida, armiyasida bir-biri ichidagi u hay`atlardan har biriga maxsus bittadan vazifasi, hikmatli bittadan nisbati, intizomli bittadan xizmati mavjud. Ham, masalan sening ko’z qorachig’ingdan bir hujayra ko’zingda bir nisbati va bir vazifasi bor. Umuman sening boshingga nisbatan ham hikmatli bir vazifasi va bir xizmati bordir. Zarra miqdor yanglishsa, sihat va badanning idorasi buziladi. Qon tomirlariga, his va harakat asablariga, hatto butun badanning hay`ati majmuasida maxsus bittadan vazifasi, bittadan vaziyati bordir. Minglab imkonlar ichra bir Sone`i Hakiymning hikmati ila u muayyan vaziyat berilgandir.
Аудио мавжуд эмас