So’zlar | KONFERENTSIYA | 487
(487-502)
KONFERENTSIYA
1950 yil noyabrda Anqara Universitetida professor va deputatlarimiz va Pokistonlik musofirlarimiz va muxtalif fakultet talabalari huzurida Fakultet Masjidida yarim kechasiga qadar davom etgan bir majlisda berilgan va katta bir aloqa va ahamiyat ila tinglangan bir konferentsiyadir.


بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ
اَلْحَمْدُ لِلّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ وَ الصَّلاَةُ وَ السَّلاَمُ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ اَجْمَعِينَ
Iymon Va Islomiyat Obi Hayotiga Chanqagan Qiymatli Qardoshlarim!
Avvalo e`tirof etayki, bu konferentsiya bergan kursida bo’lmoq e`tibori ila sizlardan farqim yo’qdir. Sizning bir qardoshingizman. Ham bu konferentsiya mening juda muhtoj bo’lganim g’oyat foydali bir darsimdir. Muxotob o’zimdir. Darsimni muzokara navidan siz muborak qardoshlarimga o’qiyman. Kamchiliklar mendandir. Kamol va go’zalliklar istifoda etganim Risola-i Nur asarlariga oiddir. Bir mone boshimizga kelmasa, haftada bir marta sifatida davom ettiradiganimiz diniy konferentsiyalardan bugun birinchisi iymonga doirdir. Chunki Badiuzzamon Said Nursiyning Birinchi Millat Majlisida bayon etgani kabi, "Koinotda eng yuksak haqiqat iymondir, iymondan so’ng namozdir". Shuning uchun biz ham konferentsiyamizning Qur`on, Iymon, Payg’ambarimiz Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam) Afandimiz haqida bo’lishini munosib ko’rdik. Ikkinchisi esa inshaalloh namoz va ibodatga oid bo’lajakdir.
Bu mavzularni bizga dars beradigan bir asar qidirdik. Oxiri bu hayotiy va abadiy ehtiyojimizni asrimizning fahmiga uyg’un va qondiruvchi bir tarzda dars bergan va yarim asrga yaqindir, katta bir e`timod va amniyatga mazhar bo’lmoq ila eng mo’`tabar diniy bir asar bo’lgan "Risola-i Nur"ni tanladik. Hozir ilk konferentsiyamizning nima uchun iymon mavzusida bo’lganini izoh ila, bu asar va muallifi haqida g’oyat qisqa ravishda ma`lumot beramiz. Shundayki:
Bu asrda din va Islomiyat dushmanlari, avvalo iymonning asoslarini zayiflamoq va yiqitmoq rejasini dasturlarining birinchi moddasiga qo’ymishlardir. Xususan bu yigirma besh sana ichida tarixda ko’rilmagan bir holda munofiqona va turli-tuman niqoblar ostida iymonning ruknlariga qilingan sui qasdlar juda dahshatli bo’lmishtir, ko’p yiqituvchi shakllar tatbiq etilmishtir.
Holbuki: Iymonning ruknlaridan birisida hosil bo’ladigan bir shubha yoki inkor dinning tafsilotlarida qilingan loqaydlikdan juda ko’p marta yanada falokatli va zararlidir. Shuning uchundirki hozir eng muhim ish taqlidiy iymonni tahqiqiy iymonga aylantirib iymonni quvvatlantirmoqdir, iymonni taqviya etmoqdir, iymonni qutqarmoqdir. Har narsadan ziyoda iymonning asoslari ila mashg’ul bo’lmoq qat`iy bir zarurat va lozim bir ehtiyoj, hatto majburiyat holiga kelmishtir. Bu Turkiyada bunday bo’lgani kabi, umum Islom dunyosida ham shundaydir.
Ha, poydevorlari zaiflanmish bir binoning xonalarini ta`mir va bezashga harakat qilmoq u binoning yiqilmasligi uchun qay daraja bir foyda bera olar? Ildizlarining chiritilishiga harakat qilingan bir daraxtning qurimasligi uchun shox va yaproqlarini dorilab tadbir olishga harakat qilmoq u daraxtning hayotiga bir foyda bera oladimi?..
Inson saroy kabi bir binodir, poydevorlari iymon asoslaridir. Inson bir daraxtdir, ildizi iymon asoslaridir. Iymon ruknlaridan eng muhimi Iymoni Billohdir; Allohga iymondir. So’ngra Nubuvvat va Hashrdir. Shuning uchun bir insonning eng boshda qo’lga kiritishga harakat qilgan ilmi iymon ilmidir. Ilmlarning asosi, ilmlarning shohi va podshohi iymon ilmidir.
Аудио мавжуд эмас