So’zlar | KONFERENTSIYA | 489
(487-502)
Sakkizinchisi: Qur`oni Karimni tafsir etgan bir allomaning Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning sunnatiga ittibo etmish bo’lishi va ahli sunnat va jamoat mazhabi ustida ilmi ila boamal bo’lishi va a`zamiy bir zuhd va taqvo va a`zamiy ixlos va dinga xizmatida a`zamiy sabot, a`zamiy sidq va sadoqat va fidokorlikka, a`zamiy iqtisod va qanoatga sohib bo’lishi shartdir.
Xulosa bo’lib mufassirning Qur`oniy risolalari ila risolati Ahmadiyaning (S.A.V) a`zamiy taqvo va a`zamiy ubudiyati va quvva-i qudsiyasi ila ham valoyati Ahmadiyaning lemaatiga mazhar bo’lmish xodimi Qur`on bir zot bo’lishi...
To’qqizinchisi: Mufassirning Qur`oniy va Shar`iy masalalarni bayon etarkan, shu yoki bu tazyiq va iskanjani nazarga olmagan, har qanday bir ta`sir ostida qolib fatvo bermagan va o’limni xor ko’rib, dunyoga bas keladigan bir iymon quvvati ila haqiqatni parvosizcha aytgan Islomiy shijoat va jasoratga sohib bo’lgan bir mufassir bo’lishi kerakdir.
Ham i`dom rejalarining tatbiq etilgani va bitta diniy risola nashr etilmagan dahshatli bir davrda, xususan imho etilishi va so’ndirilishi hadaf tutilgan Qur`onni, Shar`iy asoslarni ta`lif va nashr etgani maydonda bo’lmoq ila bir murshidi komil va Islomning bu asrda haqiqiy bir rahbari akmali va Qur`onning mo’`tabar bir mufassiri a`zami bo’lishi lozimdir.
Xullas, bu zamonda yuqorida mazkur to’qqiz shart va xususiyatlarning muallif Said Nursiyda va asarlari bo’lgan Nur Risolalarida ayni ila mavjud bo’lgani haqiqiy va mutabahhir Islom olimlarining ijmo` va tavotur va ittifog’i ila sobit bo’lmishtir. Va ham uyg’onishni boshlagan bu Islom millaticha, Ovrupa va Amerikacha ma`lum va tasdiqlangandir. Mana do’stlar! Biz shunday bir tafsiri Qur`on qidirayotgan va bunday bir mufassir istayotgan edik.
Qiymatli qardoshlarim! Bunday dahshatli bir asrda insonning eng buyuk masalasi iymonni qutqarmoq yoki yo’qotmoq da`vosidir. Jahon urushlari basharni uyg’otmish, dunyo hayotining foniyligini eslatmishtir. Va boqiy bir olamda, abadiy bir saodat ichida yashamoq hissini uyg’otmishtir. Albatta bunday muazzam bir da`voni, chalkash va aldatuvchi bir zamonda qozona olmoq uchun, bir da`vo vakilini topishda(Izoh) juda diqqatli bo’lishimiz lozimdir. Shuning uchun tadqiqotimizni bir oz yana kengaytiramiz. Shundayki:
Asrimizdan avvalgi Islomiyatning Kalom Ilmi dohiylari va dinimizning horiqo imomlari va Qur`oni Hakimning dohiy mufassirlarining vujudga keltirgan asarlari qiymat taqdiri mumkin bo’lmaydigan darajada qiymatdordir. U zotlar Islomiyatning bittadan quyoshidirlar. Faqat bu zamon u buyuk zotlar yashagan zamon kabi emasdir.
Eski zamonda zalolat johillikdan kelar edi. Buning yo’q etilishi osondir. Bu zamonda zalolat, Qur`on va Islomiyatga va iymonga hujum fan va falsafa va ilmdan kelmoqda. Buning yo’qotilishi mushkuldir. Eski zamonda ikkinchi qismi mingdan bir bo’lar edi, bo’lganlardan faqat mingdan biri irshod ila yo’lga kela olar edi. Chunki undaylar ham bilmaydilar, ham o’zlarini bilaman deb o’ylaydilar.
Ham bundan avvalgi asrlarda musbat ilmlarning yigirmanchi asrdagi qadar taraqqiy etmagan bo’lgani ma`lumingizdir. Shu holda bu asrda dunyoga yoyilgan dinsizlik va moddiyunlikni ildizidan yiqita olmoq, haq va haqiqat yo’lini ko’rsatib, basharni siroti mustaqimga qovushtirmoq, iymonni qutqara olmoq uchun faqat va faqat Qur`oni Hakimning bu asrga boqqan yuzini kashf etib, umumning istifoda eta oladigani bir shaklda tafsir etilishi, albatta bu asrda mumkin bo’lajakdir.
---------------------------------------------------------
(Izoh) Bu zamonda bunday bir davo vakilining Risola-i Nur bo’lganiga Risola-i Nur ila iymonlarini qutqargan millionlab kishilar shohiddir.
Аудио мавжуд эмас