So’zlar | KONFERENTSIYA | 492
(487-502)
Asrimizda esa hayotidagi voqealar va asarlari ila bu hadisi sharifga muvofiq bo’lgan Risola-i Nur maydondadir. Muallif Badiuzzamon diniy mujohadasi va Qur`onga xizmatida va ubudiyatida Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam)ning sunnati saniyasiga to’liq ittibo etmish bir mujohiddir. Rasuli Akram (Alayhissalotu Vassalam) Afandimiz dunyoning eng muazzam siyosiy hodisasi bo’lgan Badr Urushida sahoba-i kiromga navbatma-navbat jamoat ila namoz qildirmishtir. Ya`ni vojib bo’lmagan, xususan urush zamonida tark etila oladigan "jamoat ila namoz o’qimoq" kabi bir xayrni dunyoning eng buyuk siyosiy voqeasidan afzal ko’rmishtir, ustun tutmishtir. Kichik bir savobni urush jabhasining u dahshatlari ichida ham tark etmamishtir.
Badiuzzamon ko’ngillilar polki qo’mondoni sifatida qo’shilgan Rus Jangida, urush frontida, dushman nishoni o’qlari qarshisida Qur`onning bir qismining tafsiri bo’lgan mashhur Arabiy Ishorat-ul I`joz Tafsirini ta`lif etmish. Va bu asari azim Olami Islomda eng buyuk olimlarning taqdir va tahsiniga mazhar bo’lmish va to’liq anglamoqdan ojiz qolganlarini va unday bir tafsir ko’rmaganlarini e`tirof etmishlardirki, Qur`oni Karimning eng nozik nukta va eng chuqur masalalarini va mislsiz i`joz va horiquloda yuksak balog’at va fasohatini izhor va isbot etmishtir. Hatto bir harfning nuktasini izhor etarkan, nishon o’qlari qarshisida, dushman o’qlari zehnini undan qaytarolmamish, urushning to’polon va dahshatlari mone bo’lmamishtir.
Azoni Muhammadiyning (S.A.V.) man etilgani va bid`atlarning jabran umumga qildirilgani zulmatli va dahshatli bir davrda Nur Talabalari u uydirma azonni o’qimamishlar va bunday bid`atlarga qarshi o’zlarini qahramoncha muhofaza etib, bid`atlarga kirmamishlardir.
Iymon va Islomiyatning yo’qotilishiga urinilgani va bir olimning yashirindan yashirin ham birgina diniy asar nashr etolmagani falokatli davrda, Badiuzzamon surgun qilingan yerlarda, zolim mustabidlarning nazoratlar va tazyiqlari ichida yashirindan yashirin bir yuz o’ttiz adad iymoniy asar ta`lif va nashr etmishtir. Bu bilan barobar kechalari juda oz bir uyqudan so’ng, asorat ostida ingragan Islom Millatlarining najot va salohi uchun duolar etmish, dargohi Ilohiyaga iltijo etib yolvormishtir.
Ha, Hazrati Ustoz Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalam Afandimizning Sunnati Saniyasiga to’liq iqtido etmishtir.
Badiuzzamonning bu holi ham butun Islom mujohidlariga va umum Musulmonlarga bir o’rnakdir. Ya`ni, jihod ila ubudiyat va taqvoni barobar qiladi; birini qilib, boshqasini ahamiyatsiz qoldirmaydi. Jabbor va zolim din dushmanlarining rejasi ila hibsxonalarga tashlanib, tajridi mutlaqda va g’oyat sovuq bir xonada qoldirilishi va shiddatli sovuqlarning va xastaliklarning istiroblari va titrashlari va keksalikning quvvatsizliklari ichida bo’lishi ham ta`lifotga nuqsonlik bermamishtir.
Siddiqi Akbar (Raziyallohu Anh) demishki: "Jahannamda vujudim shu qadar kattalashsinki, iymon ahliga yer qolmasin". Badiuzzamon bu g’oyat yuksak xislatning bir zarrachasiga mazhar bo’lmoq uchun, "Bir nechta odamning iymonini qutqarmoq uchun Jahannamga kirishga tayyorman" deya fidokorlikning cho’qqisiga yuksalmish va shunday bo’lgani, Qur`on va Islomiyatning fidoiy va muxlis bir xodimi bo’lgani, sakson sanalik hayotining shahodati ila sobit bo’lmishtir.
Qur`on va iymon xizmati uchun Badiuzzamonning haysiyatini, sharafini, ruhini, nafsini, hayotini fido etgani; ma`ruz qolgani shu qadar shiddatli zulm va iskanjalarga va giriftor etilgani ko’p musibat va balolarga qarshi ko’rsatgan so’ng daraja sabr, bardosh va xotirjamlik bittadan shohidi sodiq hukmidadirlar.
Badiuzzamon Qur`on, iymon, Islomiyat xizmati uchun dunyoviy rohatliklarini fido etmish, dunyoviy shaxsiy savratlar yig’mamish, zuhd va taqvo va riyozat, iqtisod va qanoat ila umr o’tqazib, dunyo ila aloqasini kesmishtir.
Bu jumladan bo’lib, Musulmonlarning rohat va saodati uchun butun umr diqqatlarini yolg’iz iymon xizmatiga vaqf va hasr etmoq va ixlosga to’liq muvaffaq bo’lmoq uchun o’zini dunyodan uzoqlashtirib mujarrad qolmishtir. Ha, Badiuzzamon iymon va Islomiyat xizmati uchun har narsadan bu daraja fidokorlik qilgan, faqat butun bular bilan barobar; ubudiyat, zuhd va taqvoda ham bir istisno tashkil etgan tarixiy bir Islom fidoiysi va Qur`oni Hakimning muxlis bir xodimi darajasiga yuksalmishtir.
Аудио мавжуд эмас