So’zlar | KONFERENTSIYA | 491
(487-502)
Ilm ahli, tasavvufchilar va fan va maktab ahli Badiuzzamonning asarlaridan faqatgina istifoza va istifoda etarlar. Ha, uch oylik bir tahsili bo’lgan va qirq sanadan beri Qur`oni Karimdan boshqa bir kitob ila mashg’ul bo’lmagan, bir yuz o’ttiztasi Turkcha, o’n beshtasi Arabcha bo’lgan asarlarini ta`lif etarkan hech bir kitobga murojaat etmagani, hanuz hayotda bo’lgan kotiblari tarafidan shahodat etilgan.. asosan kutubxonasi ham bo’lmagan, yarim ummiy bir zot unday mislsiz bir e`lonot ila, yangi ilmlar ham dohil muxtalif ilmlarda, yuksak olimlar va buyuk murshidlar ila, yoshligida qilgan munozaralarning hammasida muvaffaq bo’lgani maydonda bo’lgan, ittifoqli bo’lgan masalalarni tasdiq va ixtilofli bo’lganlarni tashih etgan, o’zi uchun "Badiuzzamon javob berolmaydigan bir savol yo’qdir" deya allomalar tarafidan tasdiq etilgan; va Ovrupaning bir qism idroksiz va g’arazkor faylasuflarining, mutashabih oyati karima va hadisi shariflarga qilgan hujumlarini, u oyat va hadislarning bittadan mo’`jiza bo’lganini asarlari ila isbot etib e`tirozlarini ildizidan qopargan va shunday qilib vahimalarga tushirilgan ba`zi ilm ahlini ham qutqarib, Islomiyatga bo’lgan hujumlarni natijasiz qoldirgan Said Nursiy kabi bir muallifning, albatta dohiy bir mufassiri Qur`on va uning ilmining vahbiy va vase` bo’lganiga asarlari bo’lgan Nur Risolalarining bir hayot bo’yicha o’qishga loyiq horiqo bir shoh asar bo’lganiga shubha qilinilmas.
Uyg’onmish qardoshlarim! Ham bizning, ham Islom dunyosining abadiy hayotining najotini, qutulishini ta`min etadigan va bizni tanvir va irshod etib zalolatdan muhofaza etadigan bir asar tanlamoqda bu qadar diqqatli bo’lishimiz juda kerakdir. Chunki bu zamonda, turli-tuman aldatmalar ila parda orqasida Islom yoshlarini yo’ldan chiqarishga urinmoqdalar.
Bir asar o’qilishi yoki bir so’z tinglanishi zamon, avvalo
مَنْ قَالَ وَلِمَنْ قَالَ وَلِمَ قَالَ وَفِيمَا قَالَ ya`ni: Kim so’ylamish? Kimga so’ylamish? Nima uchun so’ylamish? Qay maqomda so’ylamish? bo’lgan asosga oid bir qoidani e`tibor nazariga olish kerak. Ha, kalomning tabaqalarining yuksakligi, go’zalligi va quvvatining manbai shu to’rt narsadir: Mutakallim, muxotob, maqsad va maqom. Bo’lmasa, har qo’lga o’tgan kitob o’qilmasligi kerak, har aytilgan so’zga quloq solmaslik kerak. Masalan: Bir qo’mondonning bir qo’shinga bergan “Qadam Bos” amri ila bir askarning “Qadam Bos” so’zi orasida naqadar farq bordir? Birinchisi katta bir qo’shinni harakatga keltirar. Ayni kalom bo’lgan ikkinchisi, balki bir askarni ham yuritolmas.
Xullas, bu to’rt asos sababli va ham Said Nursiyga qarshi qalblarida buyuk bir sevgi toshigan yuz minglab kishilar sevgi ila ustozlarining eng kichik holiga ham buyuk bir ahamiyat berib, ularni o’rganib ittibo etmoq, ergashmoq orzusini toshiganlaridan, bu yerdagi bir qism qardoshlarimiz ustozimizning hayoti, asarlari, maslak va mashrabi haqida ma`lumot berilishini qattiq so’radilar.
Faqat Badiuzzamon kabi bir zotning hayoti va asarlari va axloqini tom ifoda etolmaymiz. Bu haqiqat basiratli ilm ahli bo’lgan adiblarcha ham e`tirof etilmish bo’lganidan bu xizmat bizning haddimizdan juda uzoqdir. Ham Badiuzzamon haqida ma`lumot olmoq istagan qardoshlarimizga, buning faqat va faqat Risola-i Nur Kulliyotini diqqat va davom ila o’qimoq surati ila mumkin bo’lganini arz etamiz.
Aziz qardoshlarim! Bu muborak vatan va millatning va olami Islomning abadiy saodatini va qutulishini va natijada yer yuzida umumiy sulh va salomatni ta`min etadigan bir inoyat va qudratga sohib bo’lgan Risola-i Nurning ma`naviy shaxsida shunday g’oyat sog’lom quvvatlar to’planmish va qo’shilmishtir:
1 - Yuksak bir quvvat va butun kamolotning ustozi bo’lgan haqiqati Islomiya...
2 - Shahomati iymoniya. Ya`ni tazallul etmaslik, bechoralarga tahakkum va takabbur etmaslik...
3 - Musulmonlikning insonga bergan izzat va sharaf, taraqqiy va yuksalmoqning eng muhim omili bo’lgan izzati Islomiya...
Do’stlar! Shu ma`noda bir hadisi sharif borki: "Haqiqiy olimlar zolim hukmdorlarga qarshi haq va haqiqatni parvosizcha aytgan olimlardir". Mana biz faqat shunday va taqvodor bir allomaning so’z va asarlariga e`timod eta olamiz.
Аудио мавжуд эмас