So’zlar | KONFERENTSIYA | 494
(487-502)
Dinga qarshi eski hukumatlarning vakillaridan birisi (antidemokratik qonunlarning Millat Majlisida muzokarasi asnosida): "Badiuzzamon Said Nursiyning diniy faoliyatiga yigirma besh sanadan beri mone bo’lolmayotirmiz",- demishtir.
Biz ham deymizki: Ha, Said Nursiy Hazratlari o’xshashi ko’rilmamish dinamik va serg’ayrat bir zotdir. Badiuzzamonning horiqo bir inson bo’lganini din dushmanlari bo’lgan muorizlari ham qalban tasdiq va taqdir etmoqdadirlar.
Said Nursiy ba`zan bir talabasiga Risola-i Nurdan o’qib bermoq ne`matini lutf etgani zamon derki: "Bu mening darsimdir. Men o’zim uchun o’qiyman. Bu risolani hozirga qadar balki yuz marta o’qiganman. Faqat, hozir endi ko’rayotganday takror o’qishga ehtiyoj va ishtiyoqim bor".
Ham yana derki: "Men boshqalar uchun kitob yozmaganman. O’zim uchun yozganman. Qur`ondan topganim bu da`volarimni orzu etganlar o’qiy olar". Ha, Badiuzzamon e`tiqod etadi va deydiki: "Men darsga, tarbiyaga va nafsimni islohga muhtojman". Badiuzzamon kabi bir zot bunday desa, bizning bu asarlarga naqadar muhtoj bo’lganimiz ortiq qiyos etilsin.
Badiuzzamon Said Nursiy butun hayotida shon va shuxratdan, hurmatdan qochmish va insonlardan istig’no etmishtir. Arabcha bir asarida shuxrat haqida deydiki: "Shuhrat ayni riyodir va qalbni o’ldirgan zaharli bir asaldir. Insonni insonlarga abd va qul qilar. Ya`ni, nom va shuxrat istagan odam xalqlarga o’zini yoqtirmoq, sevdirmoq uchun insonlarga riyokorlik, tilyog’lamachilik qilar. Tasannu`kor holatlar olar. U balo va musibatga tushsang اِنَّا ِللهِ وَاِنَّاۤ اِلَيْهِ رَاجِعُونَ de".
Ustoz shuxratdan fe`lan va holan bu qadar qochishiga qaramasdan, har ne hikmat bo’lsa, insonlar xuddi bir Ilohiy chorlash bormish kabi, madad istab unga chopmishlardir va unga oqim bo’lib ketmoqdalar. Va uning ayni haqiqat bo’lgan bu muqaddas xislati Risola-i Nur kabi jahonshumul bir asarga xodim bo’lmishtir...
Badiuzzamon kichik yoshidan beri xalqlarning muqobilsiz hadyalaridan istig’no etmishtir. Hadya qabul etmaslikni maslak qabul qilmishtir. Zindondan zindonga, mamlakatdan mamlakatga surgun etilgani zamonlarda keksalikning yuklagani zaruratlar ichida ham bu sakson sanalik istig’no dasturini buzmamishtir. Eng xos bir talabasi bir luqma bir narsa hadya etsa, muqobilini berar, bermasa dard chekar.
Nima uchun hadya qabul etmaganining sabablaridan birisi sifatida derki: "Bu zamon eski zamon kabi emasdir. Eski zamonda iymonni qutqargan o’n qo’l bo’lgan bo’lsa, hozir birga tushmish. Iymonsizlikka chorlagan sabablar avval o’n bo’lgan bo’lsa, hozir yuzga chiqmish. Mana bunday bir zamonda iymonga xizmat uchun dunyoga qo’l otmadim, dunyoni tark etdim. Iymonga oid xizmatimni hech bir narsaga olat etmayman" der. Hazrati Ustoz o’z shaxsi uchun birisi zahmat tortsa, bir xizmatini qilsa, muqobilida bir haq, bir hadya berar. Aks holda ruhiga og’ir kelar, xushiga ketmas.
Badiuzzamon Said Nursiy Qur`on, Iymon va Dinga qilgan xizmatida sanalardan beri davomli bir tarassud va tajassus, ta`qibot va tadqiqot ostida saqlanmishtir. Yolg’iz va yolg’iz rizo-i Ilohiy uchun, yolg’iz va yolg’iz haqiqat uchun Islomiyatga xizmat etgani va xizmati Qur`oniyasini hech bir narsaga olat etmagani ko’pgina mahkamalarda ham sobit bo’lmishtir.
Agar bu mazkur haqiqatlarga va asarlaridagi haq va haqiqatni ko’rgan haqparastlarning Badiuzzamon va asarlarida ko’rganlari va nashr etganlari oliy maziyat va yuksak haqiqatga zid eng kichik bir narsa bo’lsa edi, eng katta qo’shimchalar ila, dabdabalar va shovqinlar ila bu yigirma besh sana ichida din dushmanlari tarafidan dunyoga e`lon etilajak edi.
Shuning kabi butun-butun iftiro va ittihomlar ila jabbor, mustabid din dushmanlarining ig’volari ila mahkamalarga yuborilgani zamon, gazetalarning birinchi sahifalarida, birga yuz qo’shimchalar ila namoyon ettirilishi; tahqiqot va muhokama natijasida hech bir ayb bo’lmagani namoyon bo’lib, baroat etgani vaqt sukut etilishi bu haqiqatning oshkora ko’p dalillaridan bir donasidir.
Аудио мавжуд эмас