So’zlar | KONFERENTSIYA | 496
(487-502)
Badiuzzamonning unday bir ilm va sifatlarga sohib bo’lganiga eng mo’`tabar va eng birinchi va eng haqiqiy dalilimiz Badiuzzamon Said Nursiydir. Kimning shubhasi bo’lsa, Risola-i Nurni o’qisin. Ha, biz zikr etganimiz va etadiganimiz bu eng buyuk haqiqatlarni butun Islom dunyosiga va umum bashariyat olamiga eshittiramiz va e`lon etamiz. Ha, ming sanadan beri olami Islomiyat va insoniyat Risola-i Nur kabi bir asarga intizor edi.
Badiuzzamon Said Nursiy ko’p ilmlarda mustasno bittadan asar yoza olar edi. Faqat u "Zamon iymonni qutqarmoq zamonidir" demish va butun himmat va ishlarini va hayotini iymoniy ilmlarning ta`lif va nashriga vaqf etmishtir.
Ha, Hazrati Ustoz iymoniy ilmlarni nashr etmoq ila olami Islom va olami insoniyatni hayotdor va ziyodor aylamishtir. Janobi Haq u buyuk ustozdan abadiyan rozi bo’lsin, uzun umrlar bersin. Omin, omin, omin...
Risola-i Nur Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayonning bu asrda bir ma`naviy mo’`jizasi bo’lgan yuksak va porloq bir tafsiridir. Ha, Risola-i Nur qalblarning fotihi va mahbubi, ruhlarning sultoni, aqllarning muallimi, nafslarning murabbiy va muzakkiysidir. Risola-i Nurning bir xususiyati da, Maktubotning birinchi jildining 129-chi sahifasidagi shu bahsdir: "Ba`zi So’zlarda, Kalom ilmi olimlarining maslagi ila, Qur`ondan olingan haqiqiy yo’lning farqlari haqida shunday bir tamsil aytganmizki, masalan: Bir suv keltirmoq uchun ba`zilari kungoh (suv quvuri) ila uzoq yerdan, tog’lar ostida qozar, suv keltirar. Bir qismi esa har yerda quduq qozar, suv chiqarar. Birinchi qism juda zahmatlidir. Tiqilar, kesilar. Faqat har yerda quduqlar qozib suv chiqarishga usta bo’lganlar zahmatsiz, har bir yerda suvni topganlari kabi... Aynan shuning kabi: Kalom ilmi olimlari sabablarni olamning oxirida tasalsul va davrning maholiyati ila kesib, so’ngra Vojib-ul Vujudning vujudini u bilan isbot etadilar. Uzun bir yo’lda ketiladi. Ammo Qur`oni Hakimning haqiqiy yo’li esa har yerda suvni topadi, chiqaradi. Har bir oyatni, bittadan Asoyi Muso kabi, qayerga ursa obi hayot sochtiradi.
وَفِى كُلِّ شَىْءٍ لَهُ اٰيَةٌ تَدُلُّ عَلٰۤى اَنَّهُ وَاحِدٌ dasturini har narsaga o’qittiradi.
Ham iymon yolg’iz ilm ila emas.. iymonda ko’p latif tuyg’ularning hissalari bor. Qandayki bir ovqat me`daga kirsa, u ovqat muxtalif asablarga muxtalif bir suratda bo’linib tarqatiladi. Ilm ila kelgan iymoniy masalalar ham aql me`dasiga kirgandan so’ng, darajalarga ko’ra ruh, qalb, sir, nafs va hokazo.. latifalar, o’ziga ko’ra bittadan hissa olar, shimar. Agar ularning hissasi bo’lmasa, nuqsondir". Xullas, Risola-i Nur har yerda suvni topadi, chiqaradi. Avvalcha ketilgan uzun yo’lni qisqartiradi va mustaqim va salomatli qiladi.
Eski faylasuflar shar`iy hukmlardan va iymon asoslaridan ba`zilari uchun: "Bu naqldir, iymon keltiramiz, aql bunga yetishmas" demishlar. Holbuki bu asrda aql hukm etmoqda. Badiuzzamon Said Nursiy esa "Butun shar`iy hukmlar va iymoniy haqiqatlar aqliydir. Aqliy bo’lganini isbotga tayyorman" demish va Risola-i Nurda isbot etmishtir.
Risola-i Nurda mustasno bir adabiyot va balog’at va ijoz, nozirsiz, jozib va original bir uslub bordir. Ha, Badiuzzamon zotiga maxsus bir uslubga sohibdir. Uning uslubi boshqa uslublar ila muvozana va qiyos etilolmas. Asarlarning ba`zi yerlarida, adabiyot qoidasiga yoki boshqa uslublarga nazaran juda munosib tushmamish kabi o’ylangan bir nuqtaga duch kelinsa, u yerda g’oyat nozik bir nukta, bir imo yoki nozik bir ma`no yoki hikmat bordir. Va u bayon tarzi u yerga to’liq muvofiqdir. Faqat u nozik noziklikni olimlar ham birdan ko’p tushunmaganliklarini e`tirof etmishlardir. Shuning uchun Badiuzzamonning asarlaridagi xususiyat va nozikliklarni Risola-i Nur ila ortiq mashg’ul bo’lmaganlar birdan anglay olmaslar.
Аудио мавжуд эмас