So’zlar | KONFERENTSIYA | 498
(487-502)
Ha, bu asrga shunday bir Qur`on tafsiri lozim va alzamdirki; Risola-i Nur kabi aql, fikr va mantiqni ishlattirsin, ruh va qalb va vijdonni nurlantirsin. Musulmonlarni, basharni uyg’otsin; ogohlantirsin, g’aflatdan qutqarsin. Siroti Mustaqim bo’lgan Qur`on yo’lini ko’rsatsin. Sunnati Saniyaga va Islomiylik alomatlariga muxolif bo’lib qildirilgan va qilingan narsalarni farq ettirib, Payg’ambarimiz sunnatlariga ittiboni dars bersin va ihyo etmoq g’ayratini uyg’otsin.
Xullas, Risola-i Nurning shunday xususiyatlarni ichiga olgan bir Qur`on tafsiri bo’lgani o’ttiz sanadan beri maydondadir va haqiqat ahlining tasdig’i ila sobitdir. Ham shafqatsiz din dushmanlarining rejalari ila mahkamalarga duchor qilingan Risola-i Nur talabalarining mudofaalari va bu talabalarning Islomiyatga xizmatlari asnosida yashirin Islomiyat dushmani, insofsiz, jabbor zolimlarning hiylalari ila ma`ruz qolganlari iskanjalardan qo’rqmaslik, shaxslarini o’ylamasdan, ya`ni shaxsiy rohatliklarini Islomning rohat va saodati uchun fido etib, siddiqiyat ila sabot etishlari va ashaddiy zulmga tayanishlari oshkora bir dalil tashkil etmoqdadir.
Ha, ham yigirma besh sanadan beri Risola-i Nur ila iymon xizmatiga butun borlig’ini vaqf etgan va hozirga qadar "g’addor din dushmanlarining" ko’p martadir tajovuz va taarruziga va taharriyotga ma`ruz qolgani holda, yigirma besh sanadir inzivo ichida Risola-i Nurning noshirligini qilgan Nur qahramonlari akalarimiz bizlarga bittadan ergashish namunasi bo’lgan iymon va Islomiyat fidoiylaridir.
Xullas, biz Musulmonlar shunday bir Qur`on tafsiri qidirayotgan, shunday bir hidoyatchini kutayotgan edik. U ixlosli Nur talabalariki, "Janobi Haq Hofizdir. Men uning inoyati va himoyasi ostidaman. Boshimga nima kelsa xayrdir" deya iymon keltirmoq ila barobar amal etarlar. Iymon xizmatini qilarlar. Din dushmanlariga ushlanmaslik va jonlaridan qiymatli bo’lganiga ishonganlari Nur Risolalarini ularga oldirmaslik uchun esa ehtiyot etarlar. Shaxslariga keladigan zararlarni e`tibor nazariga olmasdan xizmatlariga davom etarlar. Hibsga, zindonga otilib, iskanja qilingani zamonda, ular yana ustozlari Badiuzzamon ila aloqadordirlar. Agar yashirin bir imkon topsalar, ular yana Risola-i Nur ila mashg’uldirlar. Hatto "Balki hibsga otilaman, Nur Risolalarimni bermaydilar, dars qilishdan mahrum qolaman" deya ba`zi Nurlarni yod olgan talabalar ham bo’lmishtir.
Muxlis bir Nur talabasi hibsxonadan chiqarilgan vaqt, go’yo u xipchinli, qiynoqli, turli-tuman iskanjali hibsxona unga bir quvvat, bir energiya qaynog’i bo’lmish, sadoqat va hushyorlik ila Nur xizmatida yugurtirmoq uchun bir xipchin ta`siri qilmish kabi, ustoziga yanada ziyoda yaqinlashar va avvalgidan yanada ortiq Nurlar ila mashg’ul bo’lar, nashriyot qilar.
Afyon hodisasida, Badiuzzamon hibsda ekan, muallim bir Nur talabasi, prokuraturada Risola-i Nur va Ustozi haqida qahramoncha javoblar bergani uchun prokuror g’azablanmish. "Hozir seni hibsga otaman" deya qo’rqitmish. U Islom fidoiysi muallim ham javoban "Men hozirman, darhol hibsga yuboring" demishtir.
Yana Afyon mahkamasida bir Nur talabasi haqida hibs qarori beriladi, faqat adliya topolmas. U talaba bundan xabardor bo’lar. Boshqa Nur qardoshlari kabi, "Ustozim va qardoshlarim hibsda ekan, qanday xorijda qolishim mumkin" deb prokuraturaga taslim bo’lib, hibsga kirar.
Ayni bu hibsxonada bir Nur talabasini yanglishib ozod qiladilar. U ham "Ustozim va qardoshlarim hanuz hibsdadirlar. Ham ko’chirishni tugatadiganim yangi ta`lif etilgan Nur Risolalari bor" deya o’ylab hibsxona mudiriga: "Men qirq kundan so’ng ozod qilinishim kerak. Jazo muddatim hali tugamadi",- der. Hisoblar ko’rsalarki haqiqatdan shundaydir, takror hibsga qo’yarlar.
Diniy hamiyat maziyatiga loyiq anglayishli do’stlarim!
Said Nursiy o’z haqida berilgan bunday bir ma`lumotni ko’rsalar, deydilarki: "Nima uchun bunday qilmoqdalar? Shaxsimning ahamiyati yo’q. Qiymat Qur`ondan sizilgan va Qur`oni Hakimning moli bo’lgan Risola-i Nurdadir. Men bir hechman".
Аудио мавжуд эмас