So’zlar | KONFERENTSIYA | 497
(487-502)
Buyuk shoirimiz, adabiyotimizning madori iftixori marhum Mahmad Akif bir adiblar majlisida: "Viktor Hugolar, Shekspirlar, Dekardlar adabiyotda va falsafada Badiuzzamonning bir talabasi bo’la oladilar",- demishtir.
Adib va shoirlar zavol va firoqdan yig’lamishlar, o’limdan dod-faryod etmishlardir. Kuz mavsumini xuzun ila tasvir etmishlardir. Hatto dunyocha mashhur Arab adiblari "Agar firoq bo’lmasa edi, o’lim ruhlarimizni olmoq uchun yo’l topib kelolmas edi" ma`nosida
لَوْلاَ مُفَارَقَةُ اْلاَحْبَابِ مَا وَجَدَتْ لَهَا الْمَنَايَا اِلَى اَرْوَاحِنَا سُبُلاً demishlardir.
Badiuzzamon esa, "Koinotdagi zavol, firoq va adam zohiriydir. Haqiqatda firoq yo’q, visol bor. Zavol va adam yo’q, yangilanish bor. Va koinotda har narsa bir navi baqoga mazhardir. O’lim bu foniy olamdan boqiy olamga ketmoqdir. O’lim hidoyat ahli va Qur`on ahli uchun boshqa olamga ketgan eski do’st va ahboblariga qovushishga vasiladir. Ham haqiqiy vatanlariga kirishga vositadir. Ham dunyo zindonidan jannatlar bo’stoniga bir da`vatdir. Ham Rahmoni Rahiymning fazlidan o’z xizmatiga muqobil haq olishga bir navbatdir. Ham hayot vazifasi kulfatidan bir bo’shalishdir. Ham ubudiyat va imtihonning ta`lim va ta`limotidan bir erkinlikdir. Azroil Alayhissalom bugun kelsa, xush kelding, safo kelding deya kulib qarshilayman" deydi.
Badiuzzamon basharni Risola-i Nur ila safohat va zalolatdan qutqararkan, qo’rquv va dahshat bermoq tarzini ta`qib etmaydi. G’ayri mashru` bir lazzatning ichida yuz alamni ko’rsatib, hisni mag’lub etadi. Qalb va ruhni hissiyotga mag’lub bo’lmoqdan muhofaza etadi. Risola-i Nurda muvozanalar ila kufr va zalolatda bir zaqqumi Jahannam tuxumi bo’lganini va dunyoda ham Jahannam azoblari urug’ini va iymon va Islomiyat va ibodatda bir Jannat urug’i va laziz lazzatlar va zavqlar va Jannat mevalari bo’lganini, dunyoda ham bir navi mukofotga noil aylaganini isbot etadi.
Risola-i Nur nifoq va bo’linish, ayrilish, fitna va fasodni ketkazib; qardoshlikni, diniy uxuvvatni, tasonud va taovunni yerlashtirar. Risola-i Nur maslagining bir asosi ham budir. Risola-i Nur g’urur va kibr va xudfurushlik va zillat kabi chirkin axloqdan qutqarib, tavozu` va mahviyat va izzat va viqor kabi go’zal axloqlarga sohib qilar.
Risola-i Nur inson bo’lgan bir insonga ojizlik va faqirligini anglatar. Badiuzzamon derki: "Inson ojizlik va faqirligini anglamoq ila to’liq Musulmon va abd bo’lar".
Bu dinsizlarni mag’lub etmoq uchun, yangi tashilni ham qilaylik deganlar yoki qilganlar, Nur risolalarini davom va sabot ila mutolaa etib, bu hadaflariga vosil bo’larlar va yagona chora ham budir. Ham shunday qilib, maktab ma`lumotlari ham Ilohiy ilmlarga inqilob etar.
Ey, ming sanadan beri Islomiyatning bayroqdorligini qilgan bir millatning avlodlari bo’lgan jangavor ruhli qardoshlarim! Bu zamonning va kelajak asrlarning Musulmonlari va bizlar Qur`oni Azimushshonning tafsiri bo’lgan shunday bir rahbarga muhtojmizki, tahqiqiy iymon darslari ila iymon martabalarida taraqqiy va yuksaltirsin. Ham qo’rqoq emas, bil`aks Risola-i Nur talabalari kabi jasur va qahramon va faol va solih amal sohibi, dindor, taqvodor va bu bilan barobar, shaxsiy tinchlik va manfaatlarini iymon va Islomiyatning qutulishi yo’lida fido etgan, fidoiy va mujohid Musulmonlar yetishtirsin, nima kerakchilikdan qutqarsin. Ham taarruz va iskanjalar va o’lim ehtimollari qarshisida tahqiqiy iymon quvvatidan kelgan bir jasorat ila Qur`on va Islomiyat jabhasidan aslo chekilmagan, "O’lsam shahidman, qolsam Qur`onning xizmatkoriman" degan va qo’rqoqlik holiga tushmagan sodiq va ixlosli, yolg’iz Alloh rizosi uchun xizmat etgan Nur talabalari kabi Islomiyat xodimlari yetishtirsin, bunday muhtaram Musulmonlar maydonga keltirsin.
Аудио мавжуд эмас