So’zlar | KONFERENTSIYA | 495
(487-502)
Badiuzzamon din qardoshlariga ziyoda shafqatlidir. Ularning alamlari ila alam tortgani, Islom dunyosida hurriyat va istiqloli uchun jon bergan fidoiy Islom mujohidlarining alamlari ila istirobli bo’lgani, Qur`on va Islomiyatga qilingan zarbalar onida ko’p istiroblar tortgani, bunday achchiq alamlarning ta`siroti ila, zotan juda oz yegan bir oz sho’rvasini ham yeyolmagani ko’p marta ko’rilmish va ko’rilmoqdadir.
Aksar kunlari xastaliklar va siqintilar ila o’tmoqdadir. Bir Nur talabasining yozgani kabi, "Ey Millati Islomning abadiy faroh va saodati uchun dunyoda rohatlik ko’rmagan mushfiq ustozim! Sening davom etgan xastaliklaring jismoniy emasdir. Dinimizga ijro etilgan istibdod va zulm tugamagancha, olami Islom xalos bo’lmagancha sening istirobing tinmayajakdir". Ha biz ham bu qanoatdamiz.
Faqat u mashaqqatli ozorlar Badiuzzamonni aslo umidsizlikka tushirmamish, bil`aks shunday kulliy va umumiy bir diniy jihodga va duo va ubudiyatga chorlamishtirki: "Qutulishning yagona chorasi Qur`onga yopishmoqdir" demish va yopishmish. Qur`onda topgan davo va darmonlarni qalamga olib, bu zamonda bir xaloskori Islom va navi basharning saodatiga mador bo’lgan Risola-i Nur asarlarini maydonga keltirmishtir.
Xunxo’r din dushmanlarining dunyoviy satvat va shavkatlari Badiuzzamonni qat`iyan tamballikka tushirmamishtir. "Vazifam Qur`onga xizmatdir. G’olib etmoq, mag’lub etmoq Janobi Haqqa oiddir" deya iymon keltirib, bir on ham faoliyatdan orqa qolmamishtir. Ha, Hazrati Ustoz shunday bir himmati azimaga sohibdirki, unga ijro etilgan mudhish zulmlar bu himmatning muqobilida ta`sirsiz qolishga mahkum bo’lmishtir.
Badiuzzamon arz va samovotdagi mavjudotni hayrat va istehson ila tomosha etar. Qirlarda va tog’larda xususan bahor mavsumida ko’p aylanar. U sayrongohlarda zehnan mashg’uliyat va nozik bir tafakkur va doimiy bir huzur holidadir. Daraxt va nabotot va gullarni
مَا شَاءَ اللّهُ بَارَكَ اللّهُ فَتَبَارَكَ اللّهُ اَحْسَنُ الْخَالِقِينَ "Qanday go’zal yaratilganlar" deb, ibrat nazari ila ularni tomosha etar; koinot kitobini o’qir. Har a`zo va hislari kabi ko’zini ham doimo Janobi Haq hisobiga va izni doirasida ishlattirar. Ko’zi shu kitobi kabiri koinotning bir mutolaachisi va shu olamdagi mo’`jizoti san`ati Rabboniyaning bir tomoshabinidir. Va shu kurra-i arz bog’chasidagi rahmat gullarining bir muborak arisi darajasidadir.
Ustoz xususiy hayotida kamtar, vazifa boshida viqorlidir. Tavozu` va mahviyatda namuna-i misol bo’ladigan bir martabadadir. Bu mavzuda derki: "Bir askar navbatchi ekan, bosh qo’mondon ham kelsa, qurolini tashlamaydi. Men Qur`onning bir xizmatkori va bir askariman. Vazifa boshida ekanman qarshimga kim chiqarsa chiqsin, haq budir deyman, boshimni egmayman".
Xulosa sifatida arz etamizki: Badiuzzamon tom ixlosga sohib, horiquloda, haqiqiy bir mufassiri Qur`ondir. Ham tom ixlosga vosil bo’lmish, qahramon va yakto bir xodimi Qur`ondir. Risola-i Nurning muallifi bo’lmoq e`tibori ila ham bir mutakallimi a`zamdir, ham ilmda g’oyat darajada mutabahhir va kuchli, muhaqqiq va mudaqqiq bir allomadir, ham Mantiq ilmining yuksak, nozirsiz bir ustozidir.
Ta`liqot nomli ta`lifoti Mantiqda bir shoh asardir. Ham mumtoz va haqparast va haqiqatbin bir dohiydir, ham Qur`on ila birga bo’lgan mustaqim falsafaning haqiqatparvar bir faylasufidir, ham nozirsiz bir jamiyatshunos (ijtimoiyotchi) va bir psixolog (ruhshunos) va bir pedagog (tarbiyachi)dir, ham doimo haqiqat tarannum etmish va etgan, yuksak va o’xshovsiz va dohiy bir muallif va adibdir.
Said Nursiy sanalardan beri shiddatli bir istibdod va taqyidot ostida saqlanib tanittirilmagani va hamda o’zi shaxsiy kamolotini satr etgani, yashirgani uchun mazkur sifatlarning har birisiga xabardor bo’lolmagan bo’lishi mumkin. Ham bular va ham Risola-i Nurning xususiyatlari haqidagi bayonotimiz haqiqatparvar va fazilatparvar bu zamonda bir qism haqiqiy olimlarning va ahlullohning ittifoq va ijmo` quvvatidagi hukmlaridir. Hamda bizning qat`iy qanoatlarimizdir.
Аудио мавжуд эмас