So’zlar | KONFERENTSIYA | 490
(487-502)
Mana, Badiuzzamon Said Nursiy Qur`oni Karimdagi bu asrning muhtoj bo’lgan haqiqatlarni kashf etib, Nur Risolalarida harkasning qobiliyati nisbatida istifoda eta oladigani bir tarzda tafsir va izoh etmoq muvaffaqiyatiga mazhar bo’lmishtir. Shuning uchundirki Risola-i Nur o’xshashi ko’rilmagan bir shox asardir qanoatiga borilmishtir.
Va yana Risola-i Nurdagi bu imtiyoz sabablidirki, bu muborak Islom millatidan millionlarcha baxtiyor kimsalar ustun qo’yib va ziyoda bir ehtiyoj sezib, buyuk bir ishtiyoq va sevgi ila sanalarcha davom etgan tazyiqotlar ichida Risola-i Nurni o’qimishlardir.
Ham Risola-i Nur ehtiyoj zamonida ta`lif etilganidan Turkiya va Islom Dunyosi kengligida kengaymish va dunyoni aloqador etgan bir imtiyozga mazhar bo’lganini ko’zlarga ko’rsatmishtir...
Qiymatli qardoshlarim! Said Nursiy qirq sana avval Istanbulda ekan, "Kim nima istasa so’rasin" deya horiquloda bir e`lonot qilmishtir. Buning ustiga u zamonning mashhur olim va allomalari Badiuzzamonning hujrasiga to’da-to’da bo’lib borib, har navi ilmlarga va muxtalif mavzularga doir so’raganlari eng mushkul, eng mug’laq savollarni Badiuzzamon to’xtamasdan to’g’ri bo’lib javob bermishtir.
Bunday haddu hududi tayin etilmagan, ya`ni "shu yoki bu ilmda yoki mavzuda kim nima istasa so’rasin" deya bir chegara qo’yilmasdan e`lonot qilmoq va natijada doimo muvaffaq bo’lmoq bashar tarixida ko’rilmagan va bunday ihotali va yuksak bir ilmga sohib bunday bir Islom dohiysi hozirga qadar zuhur etmamishtir. (Asri Saodat mustasno.)
Hatto u zamonlarda, Misr Jome-ul Azhar Universiteti raislaridan mashhur Shayx Bahid Afandi, Istanbulga bir sayohat uchun kelganida, Kurdistonning tik, chiqib bo’lmaydigan qoyalari orasidan kelib, Istanbulda bo’lgan Badiuzzamon Said Nursiyni ilzom etolmagan Islom ulamosi Shayx Bahiddan bu yosh domlaning (Badiuzzamonning) ilzom etilishini istarlar. Shayx Bahid ham bu taklifni qabul etib bir munozara zamini qidirar. Va bir namoz vaqti Avliyo Sofiya Masjididan chiqilib "choyxona"da o’tirilganida, buni fursat deb bilgan Shayx Bahid Afandi, Badiuzzamon Said Nursiyga xitoban:
مَاتَقُولُ فِى حَقِّ اْلاَوْرُبَائِيَّةِ وَالْعُثْمَانِيَّةِ Ya`ni: "Ovrupa va Usmonli Davlati haqida nima deysiz? Fikringiz nedir?" Shayx Bahid Afandi hazratlarining bu savoldan maqsadi Badiuzzamon Said Nursiyning shak bo’lmagan bir bahri ummon kabi ilmini va otashpora-i zakosini tajriba etmoq emas edi. Zamoni istiqbolga oid shiddati ihotasini va idora-i olamdagi siyosatini anglamoq fikrida edi.
Bunga qarshi, Badiuzzamonnig bergan javobi shu bo’ldi:
اِنََّ اْلاَوْرُوبَا حَامِلَةٌ بِاْلاِسْلاَمِيَّةِ فَسَتَلِدُ يَوْمًا مَا وَاِنَّ الْعُثْمَانِيَّةَ حَامِلَةٌ بِاْلاَوْرُوبَائِيَّةِ فَسَتَلِدُ اَيْضًا يَوْمًا مَا
Ya`ni: Ovrupa bir Islom Davlatiga, Usmonli Davlati ham bir Ovrupa Davlatiga homiladir. Bir kun kelib tug’ajaklardir.
Bu javobga qarshi Shayx Bahid Hazratlari: "Bu yosh ila munozara etilmas, men ham ayni qanoatda edim. Faqat bu qadar vajiz va balig’ona bir tarzda ifoda etmoq faqat Badiuzzamonga xosdir",- demishtir. Haqiqatdan Badiuzzamonning degani kabi, xabarlarning ikki qutbi ham sodir bo’lmish. Bir-ikki sana so’ngra Konstitutsion boshqarilish davrida, Islomiylik alomatlariga muxolif ko’p ajnabiy odatlarini olmoq va borgancha Turkiyada yerlashtirmoq ila va hozir Ovrupada Qur`onga va Islomiyatga qarshi ko’rsatilgan husni aloqa va bilxossa baxtiyor Olmon Millatida to’da-to’da Islomiyatni qabul etmoq kabi hodisalar u xabarni tamomi ila tasdiq etmishlardir.
Xullas buyuk Islom olimlari va sharafli shayxlar ko’p tajriba va imtihonlar ila shunday bir qanoatga bormishlardirki: Badiuzzamon nima aytsa haqiqatdir. Badiuzzamonning asarlari sunuhoti qalbiya bo’lib, olimlar jamoatining tasdiq va taqdiriga mazhardir.
Аудио мавжуд эмас