So’zlar | KONFERENTSIYA | 488
(487-502)
Iymon yolg’iz qisqa bir tasdiqdan iborat emasdir. Iymonning ko’p martabalari bordir. Taqlidiy bir iymon, xususan bu zamondagi zalolat, axloqsizlik bo’ronlari qarshisida tez so’nar. Tahqiqiy iymon esa tebranmas, so’nmas bir quvvatdir. Tahqiqiy iymonni qo’lga kiritgan bir kishining iymon va Islomiyati dahshatli dinsizlik bo’ronlariga ham ma`ruz qolsa, u bo’ronlar bu iymon quvvati qarshisida ta`sirsiz qolishga mahkumdir. Tahqiqiy iymonni qozongan bir kishini eng dinsiz faylasuflar ham bir vasvasa yoki shubhaga tushirolmas.
Xullas bu haqiqatlarga binoan, biz ham tahqiqiy iymoniy dars berib, iymonni quvvatlantirib insonni abadiy saodat va salomatga etadigan Qur`on va iymon haqiqatlarini jamlagan bir asarni, sabot va davom va diqqat ila o’qishni qat`iyat ila lozim va alzam ko’rdik. Aks holda, bu zamonda dunyoviy va uxroviy dahshatli musibatlar ichiga tushmoq shubha keltirmas bir haqiqat holidadir. Shuning uchun yagona qutulish choramiz Qur`oni Hakimning iymoniy oyatlarini va bu asrga boqqan oyati karimalarini tafsir etgan yuksak bir Qur`on tafsiriga yopishmoqdir.
Hozir "Bunday bir asar bu asrda bormidir?" deya bir savolning ichingizda hosil bo’lgani nuroniy bir hayajonni ifoda etgan siymolaringizdan anglashilmoqdadir.
Ha, bu tur ehtiyojimizni to’liq qarshilaydigan bir asarni topmoq uchun ko’p diqqat va sinchkorlik ila qidirdik. Oxiri ham Turk yoshlariga, ham umum Musulmonlarga va bashariyatga Qur`oniy bir rahbar va bir murshidi akmal bo’ladigan bir asarning Badiuzzamon Said Nursiyning Risola-i Nur asarlari bo’lgani qanoatiga bordik. Biz bilan barobar bu haqiqatga Risola-i Nur ila iymonini qutqargan yuz minglab kishilar ham shohiddir.
Ha, yigirmanchi asrda kulliy va umumiy bir rahbarlik vazifasini qiladigan Qur`oniy bir asar muallifining shu xususiyatlarga ega bo’lishini asos qabul qildik. Bu xususiyatlarning ham tamomi ila Risola-i Nurda va muallifi Badiuzzamon Said Nursiyda mavjud bo’lganini ko’rdik. Shundayki:
Birinchisi: Muallifning yolg’iz Qur`oni Hakimni o’ziga ustoz deb qabul qilishi...
Ikkinchisi: Qur`oni Hakim haqiqiy ilmlarni ichiga olgan bir muqaddas kitobdir. Va butun asrlarda insonlarning umum tabaqalariga xitob etgan azaliy bir xutbadir. Shuning uchun Qur`onni tafsir etarkan, haqiqatning sof bo’lib ifoda etilishi va shunday qilib haqiqiy bir tafsir bo’lishi uchun mufassirning o’z xususiy maslak va mashrabining ta`siri ostida qolmasligi va havasi qo’shilmasligi lozimdir. Va hamda Qur`onning ma`nolarini kashf ila ko’ringan Qur`on haqiqatlarining tasbiti uchun alzamdirki: U mufassir zot har bir fanda mutaxassis keng bir fikrga, nozik bir nazarga va tom bir ixlosga sohib bir alloma va ham g’oyat oliy bir daho va nufuzli, chuqur bir ijtihod va bir quvva-i qudsiyaga sohib bo’lsin...
Uchinchisi: Qur`on tafsirining tom bir ixlos ila ta`lif etilmish bo’lishiki: Muallifning Janobi Haqning rizosidan boshqa hech bir moddiy, ma`naviy manfaat g’oya qilinmasligi va bu yuksak holatning muallifning hayotidagi hodisalarda mushohada etilishi...
To’rtinchisi: Qur`onning eng buyuk mo’`jizalaridan biri da, yoshlik va yangiligini muhofaza etishidir. Va u asrda inzol etilmish kabi, har asrning ehtiyojini qarshilagan bir yuzi bo’lishidir.
Xullas, bu asrda maydonga keltirilgan bir tafsirda Qur`oni Hakimning asrimizga boqqan yuzining kashf etilib, avomdan eng havasga qadar har tabaqaning istifoda eta oladigani bir uslub ila izoh va isbot etilmish bo’lishi...
Beshinchisi: Mufassirning Qur`on va iymon haqiqatlarini inkor qilib bo’lmaydigan dalil va hujjatlar ila isbot etib dars berishi. Ya`ni, pozivitizm (isbotchilik)ni bir asos qabul qilishi...
Oltinchisi: Dars bergan Qur`oniy haqiqatlarning ham aqlni, ham qalbni, ham ruhni va vijdonni nurlantirishi va qondirishi va nafsni musahhar etishi va shaytonni ham ilzom etadigan darajada quvvatli va g’oyat balig’, nufuzli va ta`sirli bo’lishi...
Yettinchisi: Haqiqatlarni anglashga esa mone bo’lgan menlik, g’urur, kibr va anoniyat kabi yomon xislatlardan qutqarib, tavozu` va mahviyat kabi yuksak va go’zal axloqlarga sohib qilishi...
Аудио мавжуд эмас