So’zlar | KONFERENTSIYA | 502
(487-502)
Istanbul Universitetidagi qardoshlarimiz ham shunday o’qiydilar. Biz ham xulosa qilib deymizki: Risola-i Nur g’oyat fasih va vajizdir. So’zning qiymati ijozidadir, qisqaligidadir. Bir iymon va Qur`on masalasi umumga dars berilarkan, mujmal ravishda dars berishda yanada ortiq istifoza va istifoda bordir.
Ey Ustozimiz Afandimiz! Umum qadrshunos insonlar Risola-i Nurni va sizni abadiyan hurmat va ehtirom etajaklardir. Tahqiqiy iymon darslari ila iymonimizni qutqargan jahon-baho va jahon-qiymat bir qiymatda bo’lgan Risola-i Nurni butun ruhu jonimiz ila, butun mavjudiyatimiz ila sevamiz va hurmat qilamiz. Bu ishq va bu muhabbat, bu ta`zim va bu hurmat nasldan naslga, asrdan asrga, davrdan davrga ulashajakdir.
Ha, Risola-i Nurdagi Qur`on haqiqatlari shunday bir quvvatdirki: Bu qudrat qarshisida mutlaq kufrning va dinsizlikning asoslari tor-mor bo’lajak; cho’kish chuqurlariga dumalab halok bo’lajakdir. Boqiy qolganlar iymon va Qur`on nuri ila salomatlik va najot topajaklardir.
Ha, tog’larni, toshlarni paxta kabi tarqatadigan, temir va granitlarni yog’ kabi eritadigan darajada bo’lgan bu Qur`on quvvati dunyoni nur va saodatga g’arq etajak. Bu Qur`on Nuri iymonlarning qutulishida dunyoga hokim va hukmron bo’lajakdir.
وَاٰخِرُ دَعْوٰيهُمْ اَنِ الْحَمْدُ ِللهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
* * *


بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

يَا اَللهُ - يَا رَحْمٰنُ - يَا رَحِيمُ - يَا فَرْدُ - يَا حَىُّ -
يَا قَيُّومُ - يَا حَكَمُ - يَا عَدْلُ - يَا قُدُّوسُ

Ismi A`zamning haqqiga va Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayonning hurmatiga va Rasuli Akram Alayhissalotu Vassalamning sharafiga bu majmuani bostirganlarni va muborak yordamchilarini Jannat-ul Firdavsda abadiy saodatga mazhar ayla, Omin. Va iymon va Qur`on xizmatida doimo muvaffaq ayla, Omin. Va hasanot daftarlariga So’zlar Majmuasining har bir harfiga muqobil ming hasana yozdir, Omin. Va Nurlarning nashrida sabot va davom va ixlos ehson ayla, Omin. Yo Arhamurrohimiyn! Umum Risola-i Nur Shogirdlarini ikki jahonda mas`ud ayla, Omin. Ins va jin shaytonlarning sharrlaridan muhofaza ayla, Omin. Va bu ojiz va bechora Saidning qusurlarini afv ayla, Omin...
Umum Nur Shogirdlari nomiga
Said Nursi
Аудио мавжуд эмас