So’zlar | Mundarija | 503
(503-510)
Mundarija
Qur`on Oyatlarining Bir Navi Tafsiri Bo’lgan Risola-i Nur Parchalaridan "So’zlar Majmuasi"ning Qisqacha Bir Mundarijasidir.
BIRINCHI SO’Z:
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ ning ko’p muhim sirlaridan bir sirini go’zal bir tamsil ila tafsir etar. Va "Bismilloh" naqadar qiymatdor bir Islomiylik alomati bo’lganini ko’rsatadi.
O’N TO’RTINCHI YOG’DUNING IKKINCHI MAQOMI:
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ ning eng muhim besh-olti sirlarini tafsir etadi. Va
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ Qur`onning bir xulosasi va bir mundarijasi va kaliti bo’lganini ko’rsatgani kabi, arshdan farshga qadar uzangan bir nuroniy muqaddas xat bo’lmoq ila barobar abadiy saodat eshigini ochgan bir kalit va har muborak narsaga fayz va barakot bergan bir nur manbai bo’lganini bayon etar. Bu Ikkinchi Maqom eng birinchi risola bo’lgan Birinchi So’zga boqar. Xuddi Risola-i Nur parchalari bir doira hukmida bo’lib, muntahosi ibtidosiga بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ muborak xati ila ittihod etadi. Va bu maqomda olti sir o’rniga o’ttizta yozilar edi. Hozircha oltita qoldi. Qisqadir, faqat g’oyat buyuk haqiqatlarni ichiga oladi. Buni diqqat ila o’qigan
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ naqadar qiymatdor bir muqaddas xazina bo’lganini anglar.
IKKINCHI SO’Z:
اَلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ ma`nosida va iymon haqidagi oyatlarning muhim bir sirini g’oyat maqul bir tamsil ila tafsir etar.
UCHINCHI SO’Z:
يَاۤ اَيُّهَا النَّاسُ اعْـبُدُوا oyatining ma`nosida va iymon haqidagi oyatlarning muhim bir haqiqatini mantiqiy bir tamsil ila tafsir etadi.
TO’RTINCHI SO’Z:
اِنَّ الصّلَوةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَابًا مَوْقُوتًا oyatining ma`nosida va namoz haqidagi oyatlarning muhim bir sirini g’oyat ma`qul va mantiqiy bir tamsil ila tafsir etadi. Zarra miqdor insofi bo’lganni taslimga majbur etadi.
BESHINCHI SO’Z:
اِنَّ اللهَ مَعَ الَّذِينَ اتَّقَوْا وَالَّذِينَ هُمْ مُحْسِنُونَ oyatining ma`nosida va taqvo va ubudiyat haqidagi oyatlarning va ubudiyat vazifasi va taqvoning muhim bir sirini g’oyat go’zal bir tamsil ila tafsir etadi. U tafsir harkasni qondiradi.
OLTINCHI SO’Z:
اِنَّ اللّهَ اشْتَرَى مِنَ الْمُؤْمِنِينَ اَنْفُسَهُمْ وَاَمْوَالَهُمْ بِاَنَّ لَهُمُ الْجَنَّةَ oyatining ma`nosida va nafs va molini Janobi Haqqa sotmoq haqidagi oyatlarning g’oyat muhim bir sirini tafsir etmoq ila barobar, nafs va molini Janobi Haqqa sotganlarning besh daraja foyda ichida foyda va sotmaganlarning besh daraja zarar ichida zarar qozondiklarini g’oyat qondiruvchi bir tamsil ila tafsir etadi. Haqiqatga qarshi muhim bir eshik ochadi.
Аудио мавжуд эмас