So’zlar | Mundarija | 505
(503-510)
O’N BESHINCHI SO’Z:
وَلَقَدْ زَيَّنَّا السَّمَاۤءَ الدُّنْياَ بِمَصَابِيحَ وَجَعَلْناَهَا رُجوُماً لِلشَّياَطِينِ oyatining ma`nosida va malaklar ila shaytonlarning muborazalari haqidagi oyatlarning astronomlarning tor aqllariga yerlashmagan muhim bir sirini "Yetti Zinapoya" nomi ila yetti quvvatli hujjat va metin bir muqaddima ila tafsir etadi. Va shu oyatning samosidan shaytoniy vahimalarni rajm etib quvar.
O’N BESHINCHI SO’ZNING ILOVASI:
Qur`onning Kalomulloh va Hazrati Muhammad (S.A.V.) Allohning Rasuli bo’lganini ishontiruvchi dalillar ila isbot etgan, munozara tarzida yozilgan balog’atli bir risoladir.
O’N OLTINCHI SO’Z:
اِنَّمَا اَمْرُهُ اِذَا اَرَادَ شَيْئًا اَنْ يَقُولَ لَهُ كُنْ فَيَكُونُ ❊ فَسُبْحَانَ الَّذِى بِيَدِهِ مَلَكُوتُ كُلِّ شَيْءٍ وَاِلَيْهِ تُرْجَعُونَ oyatlarining ma`nosidagi ko’p oyatlarning ifoda etgani: "Ahadiyati zotiyasi ila kulliyati af`ol; va vahdati shaxsiyasi ila muinsiz umumiyati rububiyat va fardoniyati ila sheriksiz shumuli tasarrufot; va makondan munazzahiyati ila har yerda hozir bo’lishi va nihoyatsiz yuksakligi ila har narsaga yaqin bo’lishi; va birgina zoti ahadiy bo’lmoq ila har narsani bizzot qo’lida tutmoq" bo’lgan Qur`on oliy haqiqatlarining "To’rt Shua" nomi ila g’oyat muhim bir sirini tafsir etadi. Va u haqiqatlarni mustaqim aqllarga va salim qalblarga taslim ettiradi.
O’N YETTINCHI SO’Z:
اِنَّا جَعَلْنَا مَا عَلَى اْلاَرْضِ زِينَةً لَهَا ِلنَبْلُوَهُمْ اَيُّهُمْ اَحْسَنُ عَمَلاً ❊ وَاِنَّا لَجَاعِلُونَ مَا عَلَيْهَا صَعِيدًا جُرُزًا ❊ وَمَا الْحَيَوةُ الدُّنْيَا اِلاَّ لَعِبٌ وَلَهْوٌ
oyatlarining ma`nolarida: Hayot lazzati ichida o’lim alami va surur va visol ichida zavol alami haqidagi oyatlarning muhim bir sirini va Qahhor ismiga qarshi Rahmon ismining jilvasini g’oyat go’zal bir surat ila ko’rsatib tafsir etadi. Va iymon ahli uchun dunyoning mohiyatini, sayyor bir tijoratgoh va vaqtinchalik bir musofirxona va bir necha kunlik bir namoyongoh va qisqa bir muddat uchun ishlaydigan bir tazgoh va oldi-berdi uchun yo’l ustida qurilgan bir bozor bo’lganini ko’rsatib, dunyodan barzoh va oxirat tarafiga inson sayohatini sevdirar, va dahshatini ketkazar. Va bu so’zning oxirida ba`zi nushalarda "Qora Tutning Mevasi" nomi ila qiymatdor va jozibador va she`r qiyofasida bir qancha haqiqat bor.
Qalbga Forsiy bo’lib taxattur etgan bir munojot:
G’AFLAT AHLI DUNYOSINING HAQIQATINI TASVIR ETGAN BIRINCHI LAVHA:
HIDOYAT VA HUZUR AHLINING DUNYOVIY HAQIQATLARIGA ISHORA ETGAN IKKINCHI LAVHA:
BARLA YAYLOVI, ARCHA, QATRON, ARDICH, QORAQOVOQNING BIR MEVASI:
YULDUZLARNI GAPIRTIRGAN BIR YULDUZNOMA:
O’N SAKKIZINCHI SO’Z:
Bu so’z, "Ikki Maqom"dir.
Ikkinchi Maqomi Yozilmamish. Birinchi Maqomi Uch nuqtadir.
Аудио мавжуд эмас