So’zlar | Mundarija | 507
(503-510)
YIGIRMA UCHINCHI SO’Z:
لَقَدْ خَلَقْنَا اْلاِنْسَانَ فِى اَحْسَنِ تَقْوِيمٍ ثُمَّ رَدَدْنَاهُ اَسْفَلَ سَافِلِينَ اِلاَّ الَّذِينَ آمَنُوا وَ عَمِلُوا الصَّالِحَاتِ oyatlarining ma`nosidagi ko’p oyatlarning iymonga doir va insonning taraqqiyot va tadanniyotiga mador haqiqatlarini "Besh Nuqta" ila va "Besh Nukta" ichida harkasga taalluq etgan va harkas unga muhtoj bo’lgan o’n qism ila u azim sirni tafsir etadi. Insoniy iste`dodlar ila insoniy vazifalarni g’oyat ma`qul va maqbul bir suratda bayon etadi.
Bu so’z hozirga qadar minglab odamni g’aflat uyqusidan qutqargani kabi, ko’plarni ham iymonga keltirmish. G’oyat qiymatdor va yuksak bo’lmoq ila barobar, tamsillar ila anglashilishi osonlashmish, harkas uning tilini anglaydi.
YIGIRMA TO’RTINCHI SO’Z:
اَللهُ لاَۤ اِلٰهَ اِلاَّ هُوَ لَهُ اْلاَسْمَاۤءُ الْحُسْنٰى oyatining ma`nosida va asmoyi husnaning jilvalari haqidagi ko’p oyatlarning muazzam bir haqiqatini besh shox nomi ila azim bahslar ila tafsir etadi. Birinchi va Ikkinchi Shoxlari muhim sirlarning muxtasar bir xazinasidir. Uchinchi Shox hadislarga kelgan vahimalarni o’n ikki qoida ila rad etadi. Vahimalarning asoslarini kesadi. To’rtinchi Shox koinot saroyida xizmat qildirilgan nabotot va hayvonot va inson va maloika toifalarining xizmat qildirilish sirini va go’zal ubudiyat vazifasi va tasbehlarini va Alloh rububiyatining hashamatini jozibador bir tarzda bayon etadi. Beshinchi Shox اَللهُ لاَۤ اِلٰهَ اِلاَّ هُوَ لَهُ اْلاَسْمَاۤءُ الْحُسْنٰى oyatining nuroniy daraxtining hadsiz mevalaridan besh mevasini g’oyat porloq va go’zal bir suratda ko’rsatadi. Bu besh meva va O’ttiz Birinchi So’zning oxiridagi besh meva juda shirindirlar. Shirin ilm istaganlar ularni olsin o’qisin.
YIGIRMA BESHINCHI SO’Z:
قُلْ لَئِنِ اجْتَمَعَتِ اْلاِنْسُ وَالْجِنُّ عَلَى اَنْ يَاْتُوا بِمِثْلِ هذَا اْلقُرْآنِ لاَ يَاْتُونَ بِمِثْلِهِ وَلَوْ كَانَ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ ظَهِيرًا
oyatining haqiqatini quvvatlantirgan yuzlab oyatlarning eng muhim bir haqiqati bo’lgan Qur`on i`jozini tafsir etadi. Uch Shua ichida qirq i`joz jihatlarini bayon va tafsir etadiki; Qur`on kalomulloh bo’lganini; kunduzdagi ziyo quyoshning vujudini ko’rsatgani kabi shunday ko’rsatadi va isbot etadi. Avvalgi yarmi garchi tez ta`lif etilmish, faqat qalb istirohati ila yozilgani uchun izohlidir. Ikkinchi yarmi ba`zi muhim sabablarga binoan muxtasar va mujmal qolmishtir. Faqat bu bilan barobar har toifaga ko’ra (va nima fikrda bo’lsa bo’lsin) bu muborak So’z Qur`on i`jozini unga ko’rsatadi va isbot etadi. Bu so’z hozirga qadar Qur`on i`joziga qarshi ko’p qaysarlarni bosh egdirib sajdaga keltirmish...
YIGIRMA OLTINCHI SO’Z:
وَاِنْ مِنْ شَيْءٍ اِلاَّ عِنْدَنَا خَزَائِنُهُ وَمَا نُنَزِّلُهُ اِلاَّ بِقَدَرٍ مَعْلُومٍ ❊ وَ كُلَّ شَيْءٍ اَحْصَيْنَاهُ فِى اِمَامٍ مُبِينٍ
ma`nosidagi oyatlarning siri qadarga oid va "Qadarga iymon" "Xoyrihi va sharrihi minallohi ta`ala"ning isbotiga mador muhim bir haqiqatini to’rt qism ila shunday bir suratda tafsir etadiki: Havasning fikrlari etishmagan qadarning sirlarini sodda avomlarning zehnlariga yaqinlashtirib tushuntiradi. Xotimasida eng qisqa va eng salim va eng mustaqim bir tariqning asosini "To’rt Qadam" nomi ila nafsni poklashning va ruh takomilining madori bo’lgan to’rt muhim darsni beradi. Va xotimaning xotimasida farqli masalalardan olti masala borki, birisi Fath Surasining oxiridagi oyatning bir i`joz sirini ochadi.
Аудио мавжуд эмас