So’zlar | Mundarija | 509
(503-510)
O’TTIZINCHI SO’Z:
قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكَّيهَا وَ قَدْ خَابَ مَنْ دَسَّيهَا ❊ عَالِمِ الْغَيْبِ لاَ يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ فِى السَّموَاتِ وَلاَ فِى اْلاَرْضِ وَلاَ اَصْغَرُ مِنْ ذلِكَ وَلاَ اَكْبَرُ اِلاَّ فِى كِتَابٍ مُبِينٍ
oyatlarining inson anoniyati va zarralarning almashinishi haqidagi haqiqatga doir kelgan oyatlarning ikki muhim sirini ikki maqsad ila bayon etadi. Birinchi Maqsad inson anoniyatining ajib muammosini hal etib diyonat silsilasi ila falsafa silsilasining qaynoqlarini g’oyat porloq bir tarzda ko’rsatadi. Ikkinchi Maqsad zarralar almashinishining tilsimini kashf etadi. Zarralarning harakatini shu daraja hikmatli va muntazam ko’rsatadiki: U umum zarralar Sultoni Azaliyning muhtasham va muazzam bir qo’shini va mute va musahhar ma`murlari bo’lganini qat`iy dalillar ila isbot etadi. Yigirma To’qqizinchi So’z qandayki koinot tilsimining uch muammosidan birisini kashf etmish. Bu O’ttizinchi So’z ham aqllarni hayratda qoldirgan va faylasuflarni sarsamlashtirgan u tilsimning uch muammosidan ikkinchi muammosini hal etmishtir. Xususan xotimasida: Yetti hikmat va yetti azim qonun ila bir ismi a`zamning tajalliysini ko’rsatmoq ila zarralar almashinishining hikmatini g’oyat qat`iy va porloq bir suratda ko’rsatgani kabi, zihayot jismlarini u zarralarning sayru-safariga bir musofirxona va bir qarorgoh va bir maktab hukmida ko’rsatadi, isbot etadi.
O’TTIZ BIRINCHI SO’Z:
سُبْحَانَ الَّذِى اَسْرَى بِعَبْدِهِ لَيْلاً مِنَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ اِلَى الْمَسْجِدِ اْلاَقْصَى الَّذِى ❊ وَ النَّجْمِ اِذَا هَوَى
oyatlarining haqiqatini quvvatlantirgan oyatlarning eng muhim bir haqiqati bo’lgan Me`roji Ahmadiyani (S.A.V.) va u me`roj ichida kamoloti Muhammadiyani (S.A.V.) va u kamolot ichida risolati Ahmadiyani (S.A.V.) va u risolat ichida ko’p rububiyat sirlarini tafsir etadigan. Va qat`iy dalillar ila isbot etadigan bir risoladir. Muxtalif tabaqalardan bo’lgan insonlardan bu risolani kim ko’rgan bo’lsa, qarshisida hayron bo’lib, aqldan uzoq me`roj masalasini eng zohir va vojib va lozim bir tarzda ko’rsatganini qabul etadilar. Xususan u me`roj nurli daraxtining oxirlarida besh yuz mevadan "Besh Meva"sini shu qadar go’zal tasvir etadiki; zarra miqdor zavqi, idroki bo’lgan ularga maftun bo’ladi.
Ilova: Shaqqi Qamar mo’`jizasiga bu zamon faylasuflarining qilgan e`tirozlarini "Besh Nuqta" ila g’oyat qat`iy bir suratda rad etib, Qamar bo’linishining sodir bo’lganiga hech bir mone bo’lmaganini ko’rsatadi. Va oxirida ham "besh ijmo`" ila shaqqi Qamarning sodir bo’lganini g’oyat muxtasar bir suratda isbot etadi. Shaqqi Qamar mo’`jiza-i Ahmadiyasini quyosh kabi ko’rsatadi.
O’TTIZ IKKINCHI SO’Z:
Uch Qismdir.
Birinchi Qism:
لَوْ كَانَ فِيهِمَا آلِهَةٌ اِلاَّ اللّهُ لَفَسَدَتَا oyatining ma`nosidagi yuzlab oyatlarning vahdoniyatga doir eng muhim haqiqatini shunday bir suratda isbot etadiki; shirk va kufr yo’lini mahol va imkonsiz ko’rsatadi. Koinotning atrofidan kufr va shirkni quvadi. Zarralar adadicha vahdoniyatning dalillari bo’lganini bayon etadi. G’oyat latif va yuksak va mantiqiy bir misollar ila anglatish suratida, hadsiz keng masalalarni u tamsil ichida joylashtirib ko’satadi. Va ilovasida g’oyat latif bir qancha masala borki; haqiqat bo’lganlari holda she`rning eng porloq va keng xayolidan yanada porloq, yanada kengdir.
Аудио мавжуд эмас