So’zlar | Mundarija | 508
(503-510)
YIGIRMA YETTINCHI SO’Z:
وَلَوْ رَدُّوهُ اِلَى الرَّسُولِ وَ اِلَى اُولِى اْلاَمْرِ مِنْهُمْ لَعَلِمَهُ الَّذِينَ يَسْتَنْبِطُونَهُ مِنْهُمْ وَ لَوْلاَ فَضْلُ اللّهِ عَلَيْكُمْ وَ رَحْمَتُهُ لاَتَّبَعْتُمُ الشَّيْطَانَ اِلاَّ قَلِيلاً
oyatining ma`nosidagi oyatlarning ijtihodga doir muhim bir haqiqatini tafsir etadi. Va bu zamonda haddidan tajovuz etib ijtihoddan dam urganlarning haddini bildirib, mazhablar farqliligining sirini go’zal bayon etadi. "Bu zamonda eski zamon kabi ijtihod eta olamiz" deganlarning naqadar yanglish xato etganlarini isbot etadi. Bu so’zning ilovasida Sahoba-i Guzinning avliyodan yuksak bo’lgan martabalarini g’oyat porloq bir suratda va qat`iy bir tarzda isbot etmoq ila barobar, Sahobalarning navi bashar ichida Anbiyolardan so’ng eng mumtoz shaxsiyatlar bo’lganliklarini va ularga yetishilmasligini qat`iy bir suratda isbot etadi.
YIGIRMA SAKKIZINCHI SO’Z:
وَبَشِّرِ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ اَنَّ لَهُمْ جَنَّاتٍ تَجْرِى مِنْ تَحْتِهَا اْلاَنْهَارُ كُلَّمَا رُزِقُوا مِنْهَا مِنْ ثَمَرَةٍ رِزْقًا قَالُوا هذَا الَّذِى رُزِقْنَا مِنْ قَبْلُ وَاُتُوا بِهِ مُتَشَابِهًا وَلَهُمْ فِيهَا اَزْوَاجٌ مُطَهَّرَةٌ وَهُمْ فِيهَا خَالِدُونَ
oyatining Jannatga va abadiy saodatga doir haqiqatini quvvatlantirgan yuzlab oyatlarning muhim bir haqiqatini ikki maqom ila tafsir etadi. Birinchi Maqom: "Besh Savol va Javob" nomi ila Jannatning jismoniy lazzatlariga va huriylar haqida tanqidga sabab bo’lmish masalalarni shunday go’zal bir suratda bayon etadiki, harkasni qondiradi. Ikkinchi Maqom: Arabcha bo’lim bo’lib o’n ikki lasiyyama kalimasi ila boshlar va g’oyat quvvatli va qat`iy va hech bir jihatda tebranmas hashrga doir, Jannat va Jahannamning haqqoniyatiga mador minglab burhonlarni ichiga olgan bir yaqqol burhondirki; u burhon O’ninchi So’zning manbai va asosi va xulosasidir.
YIGIRMA TO’QQIZINCHI SO’Z:
قُلِ الرُّوحُ مِنْ اَمْرِ رَبِّى ❊ وَ الْمُؤْمِنُونَ يُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَ مَلئِكَتِهِ ❊ وَ مَا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلاَّ كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ ❊ مَا خَلْقُكُمْ وَلاَ بَعْثُكُمْ اِلاَّ كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ
oyatlarining ma`nosidagi yuzlab oyatlarning hashr va ruhning baqosi va maloikaga doir uch muhim haqiqatini tafsir etadi. Ruh baqosini shu qadar chiroyli isbot etadiki: Jasadning vujudi kabi ruhning baqosini ko’rsatadi. Va maloikaning vujudlarini Amerika insonlarining vujudlari kabi isbot etadi. Va Hashr va Qiyomatning vujud va tahaqquqlarini shu qadar mantiqiy va aqliy bir suratda isbot etadiki: Hech bir faylasuf, hech bir munkir e`tirozga quvvat topolmas. Taslim bo’lmasa ham mulzam bo’ladi. Xususan oxiridagi "Ramzli Nuktaning Siri" nomi ila buyuk hashrning ijob etgan sabablarini va hikmatlarini shunday bir tarzda bayon etadiki; koinot tilsimining uch muammosidan bir muammosini g’oyat porloq bir suratda hal etadi.(Izoh)
-----------------------------------------------------------
(Izoh) Yigirma To’qqizinchi So’zning ko’z ila ko’ringan bir karomati bor. Jumladan, o’n olti sahifasida ixtiyorsiz, tasannu`siz har sahifaning satrlarining boshlarida o’n olti alif kelishidir. Bu mos tushishlikni ko’rmoq istaganlar eski harfli nusxasiga murojaat etsinlar.
Аудио мавжуд эмас