So’zlar | Mundarija | 504
(503-510)
YETTINCHI SO’Z:
يُؤْمِنُونَ بِاللّهِ وَ الْيَوْمِ اْلآخِرِ ❊ اِنَّ وَعْدَ اللّهِ حَقٌّ فَلاَ تَغُرَّنَّكُمُ الْحَيَوةُ الدُّنْيَا وَلاَ يَغُرَّنَّكُمْ بِاللّهِ الْغَرُورُ oyatining ma`nosida va "Iymani Billah val-yavm-il-axir" va dunyoviy hayot haqidagi oyatlarning muhim bir sirini g’oyat maqul bir tamsil ila tafsir etmoq ila barobar, g’aflat ahli haqida dunyoning naqadar dahshatli; va o’lim va ajal naqadar mudhish; va ojizlik va faqirlik naqadar alamli bo’lganini va hidoyat ahli haqida dunyo hayotining ich yuzi naqadar chiroyli, va qabr va ajal va ojizlik va faqirlik qanday bittadan saodat vasilasi bo’lganini g’oyat qat`iy bir tarz ila isbot etar. Saodati Daraynga ketgan yo’lni ko’rsatar.
SAKKIZINCHI SO’Z:
اَللهُ لاَۤ اِلٰهَ اِلاَّ هُوَ الْحَىُّ الْقَيُّومُ va اِنَّ الدِّينَ عِنْدَ اللهِ اْلاِسْلاَم oyatlarining ma`nosida dunyoning mohiyati va dunyoda inson mohiyati va insonda din mohiyati haqidagi oyatlarning muhim bir sirini (Suhufi Ibrohimda asli bo’lgan) go’zal va porloq bir tamsil ila tafsir etmoq ila barobar, dunyoning mohiyatini va dunyodagi inson ruhi va insondagi dinning qiymatini ko’rsatmoq ila barobar, dinsiz inson eng badbaxt maxluq bo’lganini isbot etmoq ila va shu olamning tilsimini ochgan va bashar ruhini zulmatdan qutqarmoq choralarini ko’rsatmoq ila barobar, g’oyat latif va go’zal bir muvozana ila; fosiq bo’lgan badbaxt odamning mudhish vaziyatini, solih bo’lgan baxtiyor odamning saodatli vaziyatini ko’rsatadi.
TO’QQIZINCHI SO’Z:
فَسُبْحَانَ اللّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ وَلَهُ الْحَمْدُ فِى السَّموَاتِ وَاْلاَرْضِ وَعَشِيًّا وَحِينَ تُظْهِرُونَ oyatining ma`nosida va besh vaqt namoz haqidagi oyatning g’oyat muhim bir sirini "Besh Nukta" ila tafsir etmoq ila barobar, ma`lum bo’lgan besh vaqt namozning u vaqtlarga xos qilishning hikmatini shu qadar chiroyli va shirin bir tarzda bayon etadiki: Zarra miqdor idroki bo’lgan bir inson bu jozibador hikmat va porloq haqiqatga qarshi taslimga majbur bo’lar. Va inson jasadi havoga, suvga, ozuqaga muhtoj bo’lgani kabi, inson ruhi ham namozga muhtoj bo’lganini g’oyat qat`iy bir suratda bayon etar.
O’NINCHI SO’Z:
فَانْظُرْ اِلَى آثَارِ رَحْمَتِ اللّهِ كَيْفَ يُحْيِى اْلاَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا اِنَّ ذلِكَ لَمُحْيِى الْمَوْتَى وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ oyatining ma`nosida va Hashr va Oxirat haqidagi oyatlarning muhim bir haqiqatini o’n ikki mantiqiy va ma`qul tamsil surati ila va o’n ikki qat`iy ochiq haqiqatlar ila tafsir etmoq ila barobar, iymoni bil-oxiratni shu qadar quvvatli bir suratda isbot etarki: Butun-butun qalbi o’lmagan va butun-butun aqli so’nmagan bir inson u isbotga qarshi taslim bo’lar. Allohning izni ila iymonga kelar. Iymonga kelmasa ham inkordan voz kechishga majbur bo’lar.
O’N BIRINCHI SO’Z:
وَالشَّمْسِ وَضُحَيهَا ❊ وَالْقَمَرِ اِذَا تَلَيهَا ❊ وَالنَّهَارِ اِذَا جَلَّيهَا ❊ وَ الَّيْلِ اِذَا يَغْشَيهَا ❊ وَ السَّمَاءِ وَمَا بَنَيهَا ❊ وَ اْلاَرْضِ وَمَا طَحَيهَا ❊ وَ نَفْسٍ وَمَا سَوَّيهَا ❊ فَاَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَ تَقْوَيهَا ❊ قَدْ اَفْلَحَ مَنْ زَكَّيهَا ❊ وَ قَدْ خَابَ مَنْ دَسَّيهَا وَمَا خَلَقْتُ الْجِنَّ وَاْلاِنْسَ اِلاَّ لِيَعْبُدُونِ
oyatlarining yuksak va keng bir haqiqatini Shams Surasining mo’`jizona ishora etganini va koinotni muntazam bir saroy suratida ko’rsatganini yuksak va keng bir tamsil ila tafsir etmoq ila barobar, inson mohiyatidagi ubudiyat vazifalari va insoniy jihozlarni va Ilohiy rububiyatning tajalliy navlariga qarshi inson ubudiyatining muqobalalarini shu qadar chiroyli bir suratda isbot etadiki: Vashshams Surasining mo’`jizona bo’lgan ishorasini horiqo bir suratda va eng azim bir doirada a`zam bir rububiyatni akmal bir ubudiyat ila qarshilashtiradi.
Аудио мавжуд эмас