So’zlar | yigirma birinchi so’z | 192
(186-193)
Birinchi Malham: Bunday vasvasalar mo’`tazila ahliga loyiqdur. Chunki ular deydilar: "Shariat buyurgan va qaytargan ishlar va narsalarning o’z aslida, oxirat nuqtai nazarida yo husni bor, shundan so’nggina ul husnga binoan uni qilish buyurilgan; va yo qabohati bor, shundan so’nggina unga binoan undan qaytarilgan. Demak, oxirat va haqiqat nuqtai nazarida bor bo’lgan husn va qabohat narsalarning o’zidadir; Ilohiy amr va nahiy esa unga tobedir". Bu mazhabga ko’ra, inson qilgan har bir amalida shunday bir vasvasa keladi: "Ajabo, amalim haqiqatan go’zal suratda qilinganmikin?" Ammo haq mazhab bo’lgan Ahli Sunnat val Jamoat derlarki: "Janobi haq bir narsaga buyuradi, so’ngra go’zal bo’ladi. Qaytaradi, so’ngra qabih bo’ladi." Demak amr ila go’zallik, nahiy ila chirkinlik yuzaga chiqadi. Husn va qabohat mukallafning xabardorligiga qaraydi va unga ko’ra qaror topadi. Shu husn va qabohat esa o’tkinchi va dunyoga qarashli tarafida emas, balki oxiratga qarashli tarafidadir. Masalan sen namoz o’qiding yoki tahorat olding. Holbuki, namozingni va tahoratingni buzadigan bir sabab haqiqatda yuz bergan. Lekin seni undan hech xabaring bo’lmadi. Sening namozing va tahorating ham to’g’ridir, ham go’zaldir. Mo’`tazila der: "Haqiqatda qabih va buzilgan. Lekin sendan qabul qilinadi. Chunki noma`lum bo’lgan, bilmading va uzring bor." Shunday ekan, Ahli Sunnat mazhabiga ko’ra, shariatning zohiriga muvofiq o’laroq qilgan amalingda: "Ajabo to’g’ri bo’lganmikin?" deya vasvasaga tushma. Faqat, "Qabul bo’lganmikin?" de. G’ururlanma, ujbga kirma.
Ikkinchi Malham: Dinda qiyinchilik yo’qdir. لاَ حَرَجَ فِى الدِّينِ Modomiki to’rt mazhab haqdir. Modomiki istig’forga undovchi bo’lgan o’z qusurini anglashlik, g’ururga olib boruvchi bo’lgan amalini go’zal ko’rishlikdan ko’ra, ayniqsa bunday vasvasali odam uchun, afzaldir. Ya`ni, bunday vasvasali odam, amalini go’zal ko’rib g’ururga tushgandan ko’ra, amalini qusurli ko’rib istig’for keltirgani yanada a`lodir. Modomiki bunday ekan, sen vasvasani ot, shaytonga aytki: "Bu hol bir qiyinchilikdir. Haqiqiy holatdan xabardor bo’lmoq mushkuldir. Dindagi yengillikka teskaridir. اَلدِّينُ يُسْرٌ لاَ حَرَجَ فِى الدِّينِ asosiga ziddir. Albatta bunday amalim haq mazhablarning biriga muvofiq keladi. U menga kifoya. Ham yana men loaqal ojizligimni e`tirof etib, ibodatni loyig’icha ado etolmaganimdan, istig’for va tavba-tazarru ila Allohning marhamati doirasiga kirib, qusurimni afv etilishi, qusurli amalimni qabul qilinishi uchun yolvorib niyoz etishimga sababdir."
Beshinchi Jihat: Iymon masalalarida shubha tarzida kelgan vasvasadir. Bechora vasvasali odam, ba`zan taxayyulni taaqqul bilan chalkashtirib qo’yadi. Ya`ni, xayolga kelgan bir shubhani aqlga kirgan bir shubha deya vahima qilib, o’z e`tiqodiga futur yetdi deb o’ylaydi. Ham ba`zan vahima etgan bir shubhani iymonga zarar beruvchi bir shak deb gumon qiladi. Ham ba`zan tasavvur qilgan bir shubhani aql tasdiqlagan bir shubha deb o’ylaydi. Ham ba`zan bir kufr ishni fikrlab ko’rishni kufr keltirdim deb gumon qiladi. Ya`ni, zalolatning sabablarini anglamoq suratida, tafakkurning jo’sh urishini va tadqiqotini va betarafona muhokamasini iymonga xilof deb o’ylaydi. Nihoyat shaytoniy talqinotlarning asari bo’lgan mana shu gumonlardan hurkib: "Eyvoh! Qalbim buzilibdi, e`tiqodimga futur yetibdi," deydi. U hollar ko’pincha ixtiyorsiz ravishda bo’lganidan va uni o’zining juz`iy ixtiyori bilan isloh etolmaganidan tushkinlikka tushadi. Bu yaraning malhami shudirki:
Аудио мавжуд эмас