So’zlar | yigirma birinchi so’z | 191
(186-193)
Tingla ey bechora! Ma`lumki, sening namozingdagi pokizalik odobining sababchisi bo’lgan zohiriy tahoratga qorning ichidagi najosat ta`sir qilmas va buzmas. Shuning kabi, muqaddas ma`nolarning iflos suratlarga qo’shilishi zarar qilmas. Masalan, sen Ilohiy oyatlarni tafakkur qilmoqdasan. Birdan bir illat, yo bir ishtaha, yo bavl kabi bir hayajonlantiruvchi narsa shiddat bilan sening hissingga kelib tegdi. Albatta sening xayoling bu illatni bartaraf etish va hojatni ushatish uchun lozim bo’lgan ishlarga nazar soladi, boqadi, ularga munosib iflos suratlarni tasvirlaydi. Kelgan ma`nolar ularning oralaridan o’tib boradi. O’tayotganlarga na yomonligi bor, va na ifloslanish va na zarar va na xatar bor. Birgina xatar borki, u ham bo’lsa, butun nazar-e`tiborni u bilan band qilish va uni zarar deb o’ylashdir.
Uchinchi Jihat shudirki: Narsalar orasida ba`zi yashirin munosabatlar bo’ladi. Hatto sen kutmagan narsalar ichida munosabat iplari bo’ladi. Yo aynan o’zida bo’ladi va yo sening xayoling mashg’ul bo’lgan sohasiga ko’ra u iplarni to’qiydi, ularni bir-biri bilan bog’laydi. Shu munosabat siri tufayli, ba`zan bir muqaddas narsani ko’rish bir iflos narsani eslatadi. Bayon fanida bayon etilganidek, "Tashqarida bir-biridan uzoqlikning sababi bo’lgan ziddiyat hayolda yaqinlikning sababidir." Ya`ni, ikki bir-biriga zid narsaning suratlarini jamlovchi vosita xayoliy bir munosabatdir. Bu munosabatlar orqali kelgan xotira, "tado`iyi afkor" deb ataladi. Masalan, sen namozda, munojotda, Ka`ba qarshisida, huzuri Ilohiyda turib, oyatlarni tafakkur qilayotgan bir holingda, shu tado`iyi afkor seni olib, eng uzoq razilona be`manigarchilikka yetaklaydi. Sening boshing bundayin tado`iyi afkorga mubtalo bo’lsa, aslo tashvish chekma. Balki o’zingga kelgan vaqtingdayoq qayt. "Eh, qandayin qusur qildim!" deya tadqiq bilan mashg’ul bo’lib qolma. Toki u zaif munosabat sening diqqating ila quvvat paydo qilmasin. Zero ta`sirlangan sari, ahamiyat berganing sari u zaif xayoling malaka holiga kela boshlaydi. Xayoliy bir illat bo’ladi. Qo’rqma, qalbiy illat emasdir. Bu xil xotiralar ko’pincha beixtiyor keladi. Ayniqsa hissiyotli asabiy odamlarda ko’p uchraydi. Shayton bu xil vasvasa ma`danini ko’p ishlatadi. Bu yaraning malhami shuki:
Tado`iyi afkor ko’pincha beixtiyor keladi. Unda mas`uliyat yo’q. Ham tado`iyda yaqin kelish bor, tegish va aralashib ketish yo’q. Shuning uchun fikrlarning kayfiyatlari bir-biriga kirib ketmaydi, bir-biriga zarar bermaydi. Masalan, shayton ila ilhom farishtasi qalb atrofida bir-biriga yaqin joylashgani hamda fojirlar va abrorlarning bir-biriga qarindoshligi va bir maskanda turishlari zarar bermaydi. Shuning kabi, tado`iyi afkor tufayli sen istamagan iflos xayollar kelib, pok fikrlarning ichiga kirsa, zarar bermaydi. Magar qasdan bo’lsa va zarar deb o’ylab u bilan ko’p mashg’ul bo’lsa, zarar beradi. Ham ba`zan qalb charchaydi. Fikr o’zini ovuntirmoq uchun to’g’ri kelgan bir narsa bilan mashg’ul bo’ladi. Shayton fursat topadi. Iflos narsalarni oldiga yoyadi, u tomon suradi.
To’rtinchi Jihat: Amalning eng yaxshi suratini izlashdan kelib chiqqan bir vasvasadirki, taqvo deb o’ylab shiddatlangan sari holat og’irlashib boraveradi. Hatto shunday bir darajaga keladiki, u odam amalning eng yaxshisini izlarkan, haromga yo’liqadi. Ba`zan bir sunnatni izlash bir vojibni tark ettiradi. "Ajabo, amalim to’g’ri bo’ldimikin?" deydi, yana qayta qiladi. Bu hol davom etadi. Chuqur tushkunlikka tushadi. Shayton bu holidan foydalanib uni yaralaydi. Bu yaraning ikki malhami bor.

Аудио мавжуд эмас